Tunnel Farer orollari poytaxti – Streymoy orolida joylaşgan Torsxavn şahrini Esturoy orolidagi ikkita aholi punkti – Runavik va Strendur bilan boğlaydi. Buning evaziga poytaxt va uşbu aholi punktlari orasidagi yöl 55 kmdan 17 kmgaça qisqaradi va uşbu masofani maşinada 15 daqiqada bosib ötiş mumkin böladi.
Eysturoyartunnilin tunnelini quriş qarori orollar parlamenti tomonidan 2014 yilda qabul qilingan. Loyihani amalga oşiriş bilan Estunlar kompaniyasi şuğullanmoqda. Eng pastki nuqtasi Atlantika okeani sirtidan 189 metr çuqurlikda joylaşadigan tunnelning oçilişi 19 dekabrga belgilangan. Uning qurilişi 162 mln dollarga aylangan. Tunnel orqali ötiş pullik böladi.
The Eysturoy sub-sea tunnel will have the 1st underwater roundabout.
— Uncle (@Random_Uncle_UK) December 2, 2020
Work begun: 2016
Open: 2021
A 11 km long tunnel road connecting the island of Streymoy with the island of Eysturoy -72.6 meters under the sea in the Faroe Islands, 320 km north-northwest of Scotland. pic.twitter.com/IbjljWdcT1
Farer orollarida boşqa suv osti tunnellari ham bor. 2002 yilda arxipelagda Voar va Streymoy orollarini boğlovçi 4,9 kmlik tunnel oçilgan. 2006 yilda esa Boroy va Esturoy orollari orasidagi 6,2 kmlik tunnel foydalanişga kiritilgan. Ayni vaqtda orollarda uzunligi 10,8 kmlik yana bir tunnel qurilişi olib borilmoqda. U Streymoy va Sandoy orollarini boğlaydi. Tunnelni 2023 yilga oçiş rejalaştirilgan.











