Köz öngimizda yangi avlod paydo bölyapti. Yangi avlodki, hayotini gadjetlarsiz umuman tasavvur qila olmaydigan, qölda yozişdan oldin telefon klaviaturasida yozişni örganayotgan, qöliga kitob bersangiz, «zum» yoki «svayp» qilişga harakat qiladigan...
Hayotimiz virtual olamga köça boşladi. Bu olamda yangi paydo bölgan TikTok, garçi unda faqat qisqa va asosan bema'ni videolar joylansa-da, odamlar soatlab vaqt ajratadigan platformalardan biriga aylanib qoldi.
TikTok'ni pandemiya deb sifatlaşimiz bejiz emas: birinçidan, undagi videolar aksariyat hollarda mantiqsizlik va axloqsizlikka asoslangan. Ikkinçidan, tarmoq ayni şuning uçun ham bor-yöği 2 yil içida 800 milliondan ortiq muxlis töpladi. Taqqoslaş uçun, Instagram 1 milliard foydalanuvçini 10 yil mobaynida yiğgan edi.
Yoş bölişiga qaramay, millionlab auditoriyaga ega bloger, vayner, tiktokerlar avlodi ulğaymoqda. Bu jarayonlar özbekistonlik yoşlarni ham çetlab ötmayapti. Özbek tiktokerlarining maza-matrasiz, özidan boşqa heç kimga foyda keltirmaydigan bu tendensiyaga qöşilib, bir zumda yulduzga aylanişi, yuz minglab muxlis orttirişi aynan 2020 yildan boşlandi, desak yanglişmagan bölamiz.
E'tiborlisi, tiktokerlar orasida allaqaçon jamoalarga birlaşib, House'larda birga yaşayotganlari ham bor. Şunisi xavotirliki, bu House'lar a'zolari – deyarli barça hollarda voyaga yetmagan yoki katta hayotga endigina kirib kelayotgan yoşlardir.
- Xöş, XXI asr bolalari – tiktokerlarning dunyoqaraşi qanaqa?
- Kontentining befoyda va ma'nosizligi haqida ularning özlari nima deydi?
- Ular qança daromad topişyapti?
- House'ga birlaşib, bir uyda yaşayotgan yoşlar – ular orasida maktab öquvçilari ham bor – jamiyatning bunga qarşiligiga qanday munosabatda?
SUBYEKTIV loyihasining ikkinçi soni ayni şu mavzuda. Özbekistondagi maşhur tiktokerlar loyihada, ijodkorlar esa TikTok House'da mehmon böldi.
Kun.uz sayti homiyligidagi loyihaning Telegram, Instagram va YouTube kanallariga obuna böling. Sahifalarda asosiy körsatuvlar oraliğida boşqa qiziqarli va original videolar ham berib borilmoqda.












