Jorjiyada ötkazilgan aksiya yanvarda Senat uçun ötkaziladigan saylovlardan oldingi kampaniyaning bir qismi edi, bölajak saylovda yuqori palatada kim ustunlik qilişi masalasi hal böladi.
Jo Bayden - uşbu ştatda prezidentlik saylovlarida 1992 yildan buyon ğolib çiqqan ilk demokrat nomzod böldi.
Tramp hamon öz mağlubiyatini tan olgani yöq va saylovlardagi qoidabuzarliklar haqida gapirişda davom etmoqda, ammo u bu sözlari uçun biror dalil keltirmayapti. Ammo AQŞ sudlari birin-ketin respublikaçilar ştabining da'volarini rad etmoqda, ştatlar esa saylov natijalarini rasman tasdiqlaşmoqda.
Miting arafasida u tvitterdagi sahifasida Jorjiya gubernatori - respublikaçi Brayan Kempni ovozlarni hisoblaş natijalarini darhol e'lon qilmagani uçun keskin tanqid qildi. Bunga javoban Kemp natijalarni qayta hisoblaşga çaqirganini eslatib ötdi (unda saylov natijalarini e'lon qiliş vakolati ham yöq).
Şundan söng Tramp gubernatorni ştat qonunçilik majlisining maxsus çaqiriğini taşkillaştirişga çaqirdi.
CNN va Washington Post ma'lumotlariga köra, Tramp gubernatorga qönğiroq qilgan va uni saylovçilarning tanloviga ta'sir körsatişga undagan.
Tramp nima dedi?

Valdostda çiqiş qilgan Tramp yana bir marta saylovlardagi firibgarlik haqida gapirdi va gubernator Kempga bosim ötkazişda davom etdi.
Trampning talqiniga köra, bu saylovlarda poçta orqali yuborilgan byulletenlarning soni haddan ziyod yuqori bölgani keng kölamli soxtalaştirişga olib kelgan.
Qariyb ikki soatlik nutqida u aslida qayta saylaniş uçun nomzodini qöygan respublikaçi senatorlarni qöllab-quvvatlaşi kerak edi — u esa yiğilgan tarafdorlariga hali ham ğalaba uçun imkoniyat borligi haqida gapirdi.
Özining ayblovlarini takrorlar ekan, u şunday dedi: «Ular saylovlarimizda firibgarlik va soxtakorlikka qöl urişdi, ammo biz baribir ularni yengamiz». Buning uçun Kemp «yanada qat'iyroq bölişi kerakligi»ni qöşimça qildi.















