Aniqlanişiça, Fuqarolik işlari böyiça Şayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, voyaga yetmagan X.R.ni onasi X.M. tarbiyasiga olib beriş va uning yaşaş manzili Toşkent şahar Çilonzor tumani, Dömbirobod MFY etib belgilaş töğrisidagi ijro hujjati bölim iş yurituviga kelib tuşgan. Şu kunning özida MIB tuman bölimi tomonidan ijro işi yuritiş qözğatilib, qarzdorga uşbu ijro varaqada körsatilgan talablarni ixtiyoriy ravişda bajariş uçun 15 kunlik muddat berilgan. Fuqarolik işlari böyiça Şayxontohur tumanlararo sudining ajrimiga köra, hal qiluv qarorining ijrosi kassatsiya tartibida körib çiqilgunga qadar vaqtinça töxtatilgan va uşbu sudning “kassatsiya şikoyatini qanoatlantirmasdan qoldiriş” töğrisidagi ajrimiga asosan ijro hujjati tiklangan.
MIB Şayxontohur tuman bölimi davlat ijroçilari bir neça bor qarzdorning yaşaş manzili, ya'ni Toşkent şahar Şayxontohur tumani, Maxtumquli köçasiga borganda, tayinlangan majburiy ijro harakatlari davomida voyaga yetmagan X.R. onasi X.M. bilan borişdan boş tortganligi, şundan söng Şayxontohur tumani hududidagi 19-maktabda olib borilgan ijro harakatlari kuzatuvçilar tomonidan videotasvirga olingani va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilganligi ma'lum böldi.
Şuningdek, qarzdordan undiruvçiga (otadan ona tarbiyasiga olib beriş) böyiça ijro hujjati yuzasidan voyaga yetmagan X.R. onasi X.M. bilan borişdan boş tortganligi sababli ijro harakatlari keyinga qoldirilganligi aniqlangan.













