Yonğin xabari Andijon viloyati favqulodda vaziyatlar boşqarmasi navbatçilik qismiga kelib tuşgaç, yonğin xavfsizligi xodimlari hodisa joyiga darhol yetib borişgan va soat 01:16da yonğin bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida 48-xonadonda yaşovçi uç kişi turli darajadagi tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.

Kun.uz muxbiri Qöşariq dahasida bölib, yonğin tafsilotlarini örgandi.

«2020 yil 9 dekabr kuni taxminan soat 01:00larda Andijon viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi navbatçilik qismiga Andijon şahri Qöşariq dahasi 24-A uydan yonğin töğrisida ma'lumot kelib tuşgan. Yonğinni öçiriş ekipajlari soat 01:07da yetib kelişgan. Soat 01:10da yonğin çiqqan joy örab olinib, soat 01:16da yonğin batamom öçirilgan. Yonğinning asosiy sababi xonada tabiiy gaz töplanib qolgani bilan boğliq.

Uy egasi gaz töplangan xonada çiroqni yoqib yuborişi natijasida çaqnaş hodisasi röy berib, yonğin sodir bölgan. Yonğin oqibatida 48-xonadonda yaşovçi uç nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizildi. Ayni paytda tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda», dedi Andijon şahar favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği örinbosari, mayor Muhammadamin Usmonov.

Andijon şahri hokimi örinbosari, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Mohinur Qosimova yonğin oqibatida zarar körganlar viloyat hokimi tomonidan töliq boşqa joyga köçirilib, uylarini ta'mirlaş uçun 5ta quriliş brigadasi iş boşlaganini bildirdi.

«Uşbu holat sodir bölganidan keyin şahar hokimi mutasaddilar bilan birga darhol yetib keldi. Bir hafta muddat içida mazkur xonadonlar töliq ta'mirdan çiqarilib, xonadon egalari qayta köçib kirişadi», deydi u.