Braziliyada mamlakatning eng boy kişilaridan biri Jozef (Joze) Safra 82 yoşida vafot etdi. Bu haqda Veja naşri xabar berdi.
Forbes Banco Safra asosçisi va egasining boyligini 23,2 mlrd dollar deb baholagan hamda uni «dunyodagi eng boy bankir» va eng boy braziliyalik deb e'tirof etgan.
Chiquita Brands International kompaniyasining teng yarim uluşi egasi ham bölgan Safra Forbes milliarderlar reytingida 39-örinda qayd etilgan.
Safra — usmoniylar imperiyasi davrida Suriyada yaşagan yahudiy moliyaçilar sulolasi vakili. XX asr boşlarida Safra sulolasi usmoniylar imperiyasining eng boy bankiriga aylangan. Turkiya Birinçi jahon uruşida mağlub bölgaç, Jozefning otasi Yakob Safra Bayrutga köçib ötgan. Safralar Ikkinçi jahon uruşidan söng Yaqin Şarqni tark etişgan va 1952 yildan Braziliyada yaşay boşlaşgan.












