Time jurnali “Yil odami” sifatida birdaniga ikki nomzod AQŞning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden va bölajak vitse-prezident, bu lavozimni egallayotgan birinçi ayol Kamala Xarrisni tanlab oldi, deb yozmoqda BBC naşri.

“Jo Bayden va Kamala Xarris birligi tarixiy ahamiyatga ega”, - deya tvit qoldirilgan Time jurnali sahifasida.

Demokratik juftlik özi uçun raqib bölgan Donald Tramp, boş infeksionist Entoni Fauçi va tibbiyot xodimlari nomzodlarini ortda qoldirdi.

Time jurnali boş muharriri Edvard Felsental ikki siyosatçining “Amerika hikoyasini özgartirgani, hamdardlik ğazabdan ustun ekanini körsatgani, qayğuli dunyoda soğayiş hissini baham körayotgani” haqida yozdi.

Time 1927 yildan buyon yilning eng kuçli ta'sirga ega kişisini e'lon qilib kelmoqda. 2019 yilda ekologiya faoli, maktab öquvçisi Greta Tunberg “Yil odami” deb topilgan edi. 

2019 yildan naşr “Yilning eng yaxşi işbilarmoni”, “Yil sportçisi”, “Yil posbonlari” kabi yönalişlarda ham reyting e'lon qilişni boşladi.

Joriy yil basketbol yulduzi Lebron Jyeyms “Yil sportçisi” deb e'lon qilindi.