Time jurnali SpaceX asosçisi Ilon Maskning AQŞ prezidenti stoli ortidagi kursida ötirgan holda tasvirlangan suratini öz muqovasiga joylaştirdi.

Foto: Time

«Ilon Maskning Vaşington bilan uruşi içida» sarlavhali maqolada Mask rahbarlik qilayotgan Hukumat samaradorligi departamentining (DOGE) AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligiga (USAID) qarşi «salb yurişi» bayon qilingan.

Time’ning yozişiça, DOGE allaqaçon Raqamli xizmatni egallagan va kadrlar resurslari böyiça federal departamentda platsdarm yaratgan, Mask esa «heç qanday qarşilikka toqat qilmasligini körsatgan».

Jurnalning qayd etişiça, Mask aftidan unga «hukumatni öz kun tartibiga moslaştiriş uçun keng qamrovli mandatni» topşirgan prezident Donald Trampdan boşqa heç kimning oldida javobgar emas.

Maskning harakatlari Demokratik partiya vakillarining qarşiligini yuzaga keltirdi — va bu «uruş hukumatning kelajagi hamda undagi kuçlar muvozanatini belgilab berişi mumkin», deb yozadi Time.

Eslatib ötamiz, 2024 yil noyabrida Donald Tramp tadbirkor Ilon Maskni DOGE rahbari etib tayinlagan edi. DOGE «har yili 6,5 milliard dollarlik davlat xarajatlarida mavjud bölgan katta isrofgarçilik va firibgarlikni yöq qiladi», degan edi öşanda Tramp. Uning sözlariga köra, departament Oq uyning budjet idorasi bilan hamkorlik qiladi va «maslahat va körsatmalar beradi».