AQŞning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden özi va saylovoldi poygasi böyiça şerigi - bölajak vitse-prezident Kamala Xarris Time naşri talqiniga köra “Yil odami” deb topilgani uçun minnatdorlik bildirdi. 

Time joriy yil uçun “Yil odami” sifatida birdaniga ikki nomzod - Jo Baydenni va vitse-prezident lavozimini egallayotgan birinçi ayol Kamala Xarrisni tanlab oldi.

“Men Kamala Xarris bilan birga “Yil odami” deb topilganimizdan “boşim osmonga yetdi” va köplab atoqli arboblar kiritilgan uşbu röyxatga qöşilganimdan minnatdorman. Barça amerikaliklar - pandemiyaga qarşi old saflarda kuraşayotganlar ham, irqiy adolat qöllab-quvvatlovi uçun tadbirlar taşkillaştirayotganlar ham iroda kuçini va yaxşiroq kelajakka işonişini körsatib, joriy yilda yuzaga kelgan çaqiriqlarga javob berişdi”, deb yozgan Bayden Twitter’da.  

Naşr Baydenni “Yil odami” deb topişida u noyabrda ötgan prezident saylovlarida AQŞning 44-prezidenti Barak Obamaning rekordini yangilab, AQŞ tarixida eng köp ovoz töplagan nomzod bölgani boş omil bölgan. 

Time tahririyati har yil “Yil odami”ni dekabrda e'lon qiladi va bu nomga loyiq topilgan şaxs suratini jurnal muqovasida joylaştiradi. 

Uşbu unvonni beriş uçun aniq mezonlar yöq, u yil davomida jamiyatga, xoh salbiy, xoh ijobiy bölsin, eng katta ta'sir körsatgan odamga beriladi.

Amerikalik uçuvçi Çarlz Lindberg tarixda birinçi bölib Atlantika okeani ustidan uçib ötgani uçun 1927 yilda uşbu unvonning birinçi sohibiga aylangan.

Unvonning berilişi tarixi davomida 70 ga yaqin siyosiy va jamoat arbobi unga loyiq topilgan. Öz vaqtida u Mahatma Gandi (1930), Iosif Stalin (1939, 1942), Uinston Çerçill (1940, 1949), Yelizaveta II (1952), Nikita Xruşçev (1957),  Şarl de Goll (1958), Martin Lyuter King (1963), Genri Kissinjyer (1972), oyatulloh Ruhalloh Homayniy (1979), Lex Valensa (1981), Yuriy Andropov va Ronald Reygan (1983), Mixail Gorbaçev (1987, 1989), Ioann Pavel II (1994) va Vladimir Putinga (2007) berilgan.

Şuningdek, Jyerald Forddan taşqari, Franklin Ruzveltdan boşlab AQŞning barça prezidentlari uşbu nomga sazovor bölgan. Ruzveltning özi esa “Yil odami”ga 3 marta (1932, 1934 va 1941) loyiq topilgan tarixdagi yagona inson hisoblanadi.