AQŞ hukumati Rossiyaning Vladivostok va Yekaterinburg şaharlaridagi Boş konsulxonalarini butunlay yopişni körib çiqmoqda. Bu haqda diplomatik manbalarga tayanib, «Kommersant'» naşri xabar berdi.

Bir qança diplomatik manbalar bergan ma'lumotga köra, Yekaterinburg va Vladivostokdagi AQŞ Boş konsulxonalarini töliq yopiş varianti körib çiqilmoqda. Yekaterinburgdagi Boş konsulxona mart oyidan buyon faqatgina favqulodda holatlarda xizmat körsatmoqda. Moskvadagi AQŞ elçixonasi va Saxalindagi konsullik agentligi ham aynan şu tartibda işlamoqda. Vladivostokdagi Boş konsulxona esa koronavirus pandemiyasi tufayli 19 martdan öz faoliyatini butunlay töxtatgan.

Ma'lum qilinişiça, dastlab Vladivostokdagi konsulxona faoliyati koronavirus bilan boğliq vaziyat izga tuşişi bilan tiklanişi aytilgan edi. Lekin AQŞ Davlat departamenti vaziyat yaqin kunlarda yaxşilanmaydi degan xulosaga kelgan. Bundan taşqari, pandemiya boşlangunga qadar ham konsulxonada xodimlarning yetişmasligi tufayli rossiyaliklarga viza xizmatlarini körsatiş çeklangan.

Hozirça Moskvadagi AQŞ elçixonasi uşbu xabarga rasmiy izoh bermadi.