Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bessent: Rossiyaga qarshi sanksiyalar Ukraina bo‘yicha muzokaralarga bog‘liq
Skott Bessent Rossiyaning “soya floti”ga qarshi sanksiyalar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini bildirdi. Biroq u shunday qo‘shimcha qildi: barchasi Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarining borishiga bog‘liq bo‘ladi.
Foto: APA
AQSh tomonidan Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etilishi Ukrainada tinchlikka erishish bo‘yicha muzokaralar qay tarzda kechishiga bog‘liq bo‘ladi. Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessent payshanba, 5 fevral kuni AQSh Senatining bank ishlari bo‘yicha qo‘mitasida ma’lum qildi.
Bessent, Trampning maxsus elchisi Stiv Uitkoff va AQSh prezidentining kuyovi Jared Kushner bilan birga, 31 yanvar kuni Mayamida Rossiya tomoni bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ishtirok etgan AQSh delegatsiyasi tarkibida bo‘lgan.
Reuters agentligi 5 fevral kuni xabar berishicha, Ukrainaga qarshi qariyb to‘rt yildan beri davom etayotgan urushi fonida Rossiyaga nisbatan ko‘rib chiqilayotgan ehtimoliy sanksiyalar qatorida AQSh moliya vaziri Rossiyaning “soya floti”ga qarshi choralarni ham tilga oldi. Jurnalistlar ta’kidlashicha, Donald Tramp 2025 yil yanvarda Oq uyga qaytganidan beri bunday sanksiyalarga halicha qo‘l urmadi.
“Men bu imkoniyatni ko‘rib chiqaman. Tinchlik muzokaralari nimalarga olib kelishini ko‘ramiz”, — dedi Bessent. Shu bilan birga, u AQShning Rossiya neft kompaniyalari “Rosneft” va “Lukoyl”ga qo‘ygan sanksiyalari Moskvaning muzokaralar stoliga qaytishiga turtki bergan, degan fikrni bildirdi.
5 fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida Ukrainadagi urushni yakunlashga qaratilgan ikki kunlik muzokaralar tugadi. Uch davlat delegatsiyalari yopiq formatda uchrashdi. BAAda AQSh tomonidan muzokaralarda prezidentning maxsus vakili Stiven Uitkoff, Donald Trampning kuyovi Jared Kushner va AQSh armiyasi vaziri Deniyel Driskoll qatnashdi. Ukraina delegatsiyasi rahbari — MXMK kotibi Rustem Umerov. Rossiya tomonidan delegatsiyaga RF Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh boshqarmasi rahbari admiral Igor Kostyukov boshchilik qildi.
Ukraina prezidenti idorasi rahbari Kirill Budanov maslahatlashuvlar “chindan ham konstruktiv tarzda o‘tgani”ni aytdi, ammo tafsilotlarni keltirmadi. O‘z navbatida, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ularni “oson bo‘lmagan” deb atadi. Bir necha soat oldin Uitkoff tomonlar 314 nafar asirni almashtirish bo‘yicha kelishib olganini ma’lum qildi.
5 fevral kuni Rossiya bilan muzokaralarda Jared Kushner qanday rol o‘ynayotgani haqidagi savolga javob berar ekan, Skott Bessent AQSh prezidentining kuyovi muzokaralarda maxsus elchi va vositachi sifatida harakat qilayotganini aytdi.
Avvalroq AQSh Senatining bank ishlari bo‘yicha qo‘mitasidagi eshituvlar davomida demokrat senator Endi Kim Trampning kuyovi rasmiy lavozimni egallamasdan, tegishli hisobdorlik va shaffofliksiz Rossiya bilan rasmiy muzokaralarda ishtirok etayotganini tanqid qilgan edi. “Agar u (Jared Kushner — tahr.) bu ishda (AQShning Rossiya bilan Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralarida — tahr.) ishtirok etmoqchi bo‘lsa, u ham barcha boshqa yuqori lavozimli davlat amaldorlari kabi moliyaviy ma’lumotlarni oshkor qilish va manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish bo‘yicha xuddi shu qoidalarga amal qilishi kerak”, — deya keltiriladi Kimning ushbu munosabati senator saytida.
Mavzuga oid
10:02
Tramp yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha yangi kelishuv tarafdori ekanini bildirdi
08:55
Abu-Dabida Ukraina, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar yakunlandi
22:08 / 05.02.2026
Epshteyn ishi bo‘yicha materiallarda o‘zbekistonlik «model qiz» xatlari borligi ma’lum bo‘ldi
21:33 / 05.02.2026