Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev Xorazmga taşrifi yakunida Urgançda ötgan faollar yiğilişida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Farğona vodiysidan Xorazmga aviareys taşkil qilinadi. Kerak bölsa, çiptalar narxiga 30 foizlik çegirma beriladi. Vodiy Xorazmni bilmaydi, Xorazm vodiyni bilmaydi. Çetdan kelmasa, özimizda bor-ku.

Ziyorat turizmini bekorga gapirmadim. Hammada içki talab paydo böldi. Xorazmiy, Pahlavon Mahmud, Buxoriy, Moturudiylar qayerda bor? Termiziylarni nega ziyorat qilmaymiz?

Ziyoratni köpaytirib, ma'naviy ozuqa olişimiz kerak. 70 foiz xalqimiz Xivani körmagan.

Xivaning har bir xonadoniga eng arzon mehmonxonalar, xostellar qilib beramiz. Xivadagi har bir xonadon mehmon kutişga tayyor böliş kerak. Ötiraversak, heç kim bizga qilib bermaydi», – ta'kidladi davlat rahbari.

Şavkat Mirziyoyev salohiyatli mamlakatlardan Urgançga doimiy va charter reyslar taşkil etiş zarurligini qayd etdi. Vodiy viloyatlaridan Xorazmga avia va temir yöl qatnovini yölga qöyib, dastlabki davrda çipta narxlariga çegirma beriş tajribasi keyinçalik Termiz, Samarqand va Buxoro şaharlari böyiça ham qöllaniladi.

Prezident, şuningdek, Özbekiston böyiça şaxmatni rivojlantiriş, Xorazmda yirik san'at saroyi quriş zarurligini ham aytib ötdi.

«Şaxmat böyiça katta qaror qabul qilamiz. Özbekiston dunyo reytingida 30-örinda. Yana kötariş kerak. Xivada 2021 yilda yirik tadbir doirasida şaxmat turniri ham ötkaziladi.

Xorazmda yirik san'at saroyi yöq. San'atga çanqoq xalq, san'atkoriyam Toşkentga borib konsert beradi, muxlislari ham borib keladi. 3ta loyiha beringlar. 2021 yilda yo Urganç, yo Xivada reja qilamiz, 2022 yil qurilişni boşlaymiz», – dedi u.

Prezident Xorazmda nefrologiya markazi oçiş va kardiologiya markazini kengaytiriş böyiça ham körsatma berdi. Buning uçun zarur 3 mln dollar mablağ bir oy içida ajratilişiga körsatma qilindi.