Muzokaralar çoğida kompaniyaning Özbekistondagi investitsiyaviy faoliyati muhokama qilindi. Loyihalarni, xususan, Toşkent şahrida Abdulla Qodiriy nomidagi boği hududida mehmonxona majmuasini quriş loyihasini amalga oşirişda sezilarli yutuqlarga erişilgani ta'kidlandi. Mehmonxona 2021 yilda işga tuşirilişi kutilmoqda.

Turistik oqimlarni jalb qiliş va turistik obektlardan foydalaniş samaradorligini oşiriş imkonini beradigan innovatsion texnologiyalar joriy etilgan tegişli infratuzilmani yaratiş böyiça kompaniyaning ulkan tajribasini hisobga olgan holda, tomonlar Samarqand va Buxoro şaharlarida mehmonxonalar quriş böyiça yangi loyihalarni amalga oşiriş istiqbollarini ham körib çiqdi.

Kompaniyaning moliya sektorini rivojlantirişdagi iştiroki, xususan, Özbekiston banklaridan birining aksiyalarini sotib oliş taşabbusi bilan boğliq masalalar kötarildi. Tomonlar loyihani amalga oşiriş uçun keyingi harakatlarni belgilab, investitsiya kiritişning turli mexanizmlarini körib çiqdi.

















