«Bugun, 15 dekabr kuni assambleyadan bir kun avval, an'anaga köra 74-Ijroiya qömitasi yiğilişi bölib ötdi. Unda taşkilot rahbariyatining yangi tarkibi va Ijroiya qömitasiga a'zolar saylandi.
Osiyo Olimpiya Kengaşining (OOK) konstitutsiyasida (qoidalarni qöllaş, 71 va 76-moddalariga asosan) 5 yirik kompleks musobaqalarga mezbon mamlakat OOK vitse-prezidenti lavozimiga nomzod körsatiş huquqiga ega bölişi qayd etilgan.

Özbekiston 2025 yil IV yoşlar Osiyo öyinlarini qabul qilişi evaziga birinçi marta öz vakilini sayyoramizning eng yirik qit'asida olimpiya harakatiga mas'ul bölgan taşkilot rahbariyatiga nomzod sifatida taklif etiş imkoniga ega böldi.
Mazkur nufuzli anjumanning biz uçun e'tiborli jihati, OOK vitse-prezidentligiga nomzodlar qatorida hamyurtimiz, Markaziy Osiyo MMA Konfederatsiyasi rahbari Otabek Umarov ham bor edi.

10 dekabr kuni bölib ötgan Özbekiston milliy olimpiya qömitasi Ijroiya qömitasining navbatdan taşqari onlayn yiğilişida Otabek Umarovni mamlakatimiz nomidan OOK vitse-prezidentligiga nomzod sifatida tavsiya etişga qaror qilingandi. Bugun bölib ötgan Osiyo Olimpiya Kengaşi Ijroiya qömitasi yiğilişida Otabek Umarov nomzodi bir ovozdan ma'qullandi va Otabek Umarov rasman taşkilot vitse-prezidenti etib saylandi», - deyiladi xabarda.

«Avvalambor, menga bildirilgan yuksak işonç uçun barçaga öz minnatdorçiligimni bildirib qolaman. Bunday nufuzli taşkilotda mamlakatimiz manfaatlarini himoya qiliş, qit'ada olimpiya harakatini rivojlantirişga hissa qöşiş men uçun şaraf. Toşkentda ötadigan 2025 yilgi yoşlar Osiyo öyinlarini ötkaziş yangi Özbekiston uçun jahon hamjamiyati oldidagi jiddiy sinovlardan biri. Muhtaram Prezidentimiz va hukumatimizning qöllab-quvvatlaşi bilan uşbu musobaqani yuqori saviyada taşkil qilişga bor kuç va ğayratimizni işga solamiz», – dedi Otabek Umarov.
Ertaga, 16 dekabr kuni Maskatda Osiyo Olimpiya kengaşining Boş Assambleyasi yiğilişi bölib ötadi. Unda Otabek Umarov rasman OOK vitse-prezidenti sifatida iştirok etadi. Yanada ahamiyatlisi, assambleya doirasida OOK va Özbekiston tomoni örtasida 2025 yil yoşlar Osiyo öyinlarini Toşkentda ötkaziş böyiça şartnoma imzolaş marosimi bölib ötadi.













