Mutaxassis Zarnigor Jumanova loyihasi asosida yaratilgan 64 gigabayt xotira quvvatiga ega uşbu smartfonlar milliylik nuqtai nazaridan içki bozorga möljallab tayyorlandi, deb xabar bermoqda ÖzA.
«Özbekiston» milliy smartfonlari öziga xos milliy dizayn va zamonaviy körinişga ega bölib, uning dasturiy ta'minoti özbekona tusga egaligi bilan ahamiyatlidir. Mobil aloqa vositasiga Özbekiston Respublikasi prezidenti asarlari, klassik va zamonaviy özbek adabiyotining nodir namunalari jamlanmasi, radioinssenerovkalar, 100dan ortiq özbek kuy va qöşiqlari , şuningdek, yurtimizning eng diqqatga sazovor göşalari tasviri tuşirilgan foto-albomlar yuklangan», — deyiladi xabarda.
Bundan taşqari, «Hukumat» dasturi ham kiritilgan bölib, dasturga barça vazirliklar, tört hokimiyat tizimi işonç telefonlari joylaştirilgan. Telefon raqamlar özgarişi bilan boğliq hollarda dastur avtomatik tarzda yangi raqamlarni kiritiş xususiyatiga ham ega.
– Ayniqsa, telefon panelining markaziy qismiga Özbekiston Respublikasi gerbi tuşirilişi öziga xos yangilik böldi. Şu bilan birga mahsulot milliy brend ekanligini hisobga olib, telefonlarni maxsus sovğabop qutilarga joyladik. Boşlanişiga 3000 dona «Özbekiston» smartfonlari işlab çiqargan bölsak, ayni paytda mahsulotimizning 50 foizdan köproği sotildi. Bundan taşqari, bolalar telefon qöl soatlari, CDMA 450 standartidagi statsionar telefonlarni işlab çiqarişni yölga qöya boşlaganmiz. Öz örnida çiqarayotgan mahsulotlarimizdagi xatolar ustida ham işlab, texnologiyasini mukammallaştiriş borasida izlanişlarni davom ettiryapmiz, – deydi «Telecom Devices PRO» MÇJ rahbari Nodir Rahimov.
Elektron kooperatsiya portali ma'lumotiga köra, uşbu smartfon işlab çiqaruvçi tomonidan 3 million 499 ming söm qiymatda taklif etilmoqda.
Davlat statistika qömitasi oçiq ma'lumotiga köra, «Telecom Devices PRO» MÇJning ustav fonddagi barça uluş «Özbektelekom» AKga tegişli hisoblanadi.












