Odatda yanvar oyining 18-31 kunlari ötkaziladigan Australian Open turniri pandemiya şaroitlari taqozosiga köra bu safar 3 fevralda boşlanadi. 4 kunlik saralaş bosqiçi esa Qatar poytaxti Doxaga köçirilib, 10 yanvarda boşlanadi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Uşbu yangilik ATR 2021 yil böyiça dastlabki yetti haftalik rejalarini e'lon qilgaç öz tasdiğini topdi.

Tennisçilar mahalliy qoidalariga köra 15 yanvar kuni Melburnga yetib kelib, 14 kunlik karantinda ötirişlari kerak böladi.

Tennis mavsumi esa 5 yanvarda AQŞning Delray Biç va Turkiyaning Antalyasidagi turnirlar bilan boşlanadi. 31 yanvardan Melburnda ikki turnir ötkaziladi. Biri Adelaidadan köçirib ötkazilayotgan Adelaide International, ikkinçisi esa, 1-5 fevral kunlari ATP Cup turniri.

«2021 yilgi mavsumning özgartirilgan taqvim böyiça boşlanişi şaroit taqozosiga köra tennisdagi hamkorlikdagi katta birdamlikni aks ettiradi. Oldinda sinovlar kutayotgan ekan, salomatlik va xavfsizlik birlamçi bölib qolaveradi», deya bayonot bergan ATR raisi Andrea Gaudensi.