Sammit kun tartibidan MDH doirasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning barça yönalişlarida, şuningdek, yangi xatar va tahdidlarga qarşi birgalikda kuraşiş sohasida köp qirrali munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantiriş istiqbollarini baholaş masalalari örin olgan.

«Davlatimiz rahbari öz nutqida hamdöstlikning uzoq muddatli vazifalari borasida Özbekiston Respublikasi nuqtai nazarini taqdim etişi va amaliy şeriklikni kengaytirişga doir aniq takliflarni ilgari surişi kutilmoqda.

Majlisda delegatsiyalar rahbarlari MDHni 2030 yilgaça bölgan muddatda yanada rivojlantiriş konsepsiyasi loyihasini va uni amalga oşiriş rejasini körib çiqadilar. Uşbu hujjatlarda hamkorlikning yaqin va örta muddatli istiqboldagi strategik maqsadlari va asosiy tadbirlari belgilangan.

Uçraşuv yakunida Birlaşgan Millatlar Taşkilotiga asos solinganining 75 yilligi munosabati bilan hamda xalqaro axborot xavfsizligini ta'minlaş sohasida hamkorlik töğrisidagi qöşma bayonotlar, şuningdek, Hamdöstlik faoliyatining turli jihatlariga doir, şu jumladan, 2021 yilda Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisi ötkaziş joyi töğrisidagi qarorlar qabul qilinişi rejalaştirilgan.

Ta'kidlaş joiz, joriy yilda Özbekiston MDHga raislik qilişdek mas'uliyatli vazifani ilk bor öz zimmasiga olgan edi.

Pandemiya bilan boğliq murakkab şaroitlarga qaramay, mamlakatimizning Hamdöstlikka raisligi konsepsiyasi töliq hajmda amalga oşirildi.

Hukumat rahbarlari kengaşi, Iqtisodiy kengaş, Taşqi işlar vazirlari kengaşi, MDHning boşqa ustav va tarmoq organlarining majlislari muvaffaqiyatli ötkazildi.

Qator muhim hujjatlar, jumladan, 2030 yilgaça muddatga möljallangan Iqtisodiy taraqqiyot strategiyasi, Transport sohasidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlari, turizm, sport va yoşlarga oid siyosat sohalarida hamkorlik strategiyalari va boşqalar qabul qilindi.

Umuman, 60 ga yaqin köp tomonlama tadbir ötkazildi, Hamdöstlikni yanada rivojlantiriş va mustahkamlaşga xizmat qiladigan 70 dan ziyod hujjat qabul qilindi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.