Avvalroq Navoiydagi erkin iqtisodiy zonada joylaşgan «Telecom Devices PRO» MÇJ tomonidan «Özbekiston» deb nomlangan, 64 gigabayt xotira quvvatiga smartfonlar işlab çiqarilayotgani, u içki bozorga möljallab tayyorlangani haqida xabar berilgan edi. Telefon panelining markaziy qismiga Özbekiston Respublikasi gerbi tuşirilgani ijtimoiy tarmoqlarda navbatdagi muhokamalarni keltirib çiqardi.

Foydalanuvçilar «Özbekiston Respublikasi Davlat Gerbi töğrisida»gi qonunining 5-1-moddasida Davlat gerbining tasviri tuşirilgan belgilardan işlab çiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni ötkaziş uçun tijorat maqsadlarida foydalaniş mumkin emasligi belgilangan holda sotiş uçun işlab çiqarilayotgan smartfonlarga uşbu qonunga zid ravişda davlat ramzi tasviri işlatilganiga e'tiroz bildirişgan. Şuningdek, ayrim özbekistonliklar qonunning uşbu normasini bila turib, uşbu telefonni işlab çiqarişga litsenziya va muvofiqlik sertifikatini berilganini tanqid qilişgan.

Kun.uz muxbiri uşbu e'tirozlar yuzasidan Axborot va telekommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligi axborot xizmati rahbari Şerzod Ahmadovdan izoh söradi. Vazir matbuot kotibining ta'kidlaşiça, davlat gerbi tasviri tuşirilgan smartfonlardan tijoriy maqsadlarda foydalanilmagan, ular vazirlik va idoralarning buyurtmasiga köra çeklangan miqdorda çiqarilgan.

«Davlat gerbi tasviri tuşirilgan smartfonlardan tijoriy maqsadlarda foydalanilmagan. Korxonada gravirovka asosida Davlat gerbi tasviri tuşirilgan smartfonlarni vazirlik va idoralarning buyurtmasiga köra çeklangan miqdorda çiqargan bölib, davlat ramzi tasviridan tijorat maqsadida foydalanilmagan.

Boşqa buyurtmaçilar, ya'ni Milliy bank, UCELL va Uzmobile kabi buyurtmaçilar talabiga köra, smartfon panelining markaziy qismiga buyurtmaçilar xohlagan logotip tasvirlari tuşirilgan holda işlab çiqarilgan. Mahalliy bozorlarda «Özbekiston» smartfonlari «I-Device» brendi ostida sotilgan», deydi Şerzod Ahmadov.

Ma'lumot uçun, «Telecom Devices PRO» mas'uliyati çeklangan jamiyati 2016 yilning 8 noyabr kuni taşkil topgan bölib, asosiy faoliyati telekommunikatsiya qurilmalarini işlab çiqarişdan iborat. Davlat statistika qömitasining oçiq ma'lumotlariga köra, «Telecom Devices PRO» MÇJning ustav fonddagi barça uluş «Özbektelekom» AKga tegişli hisoblanadi.