Moliya vaziri Timur Işmetov Senatning öninçi yalpi majlisida davlatning birinçi darajali budjet xarajatlari haqida ma'lumot berdi. Ma'lum qilinişiça, «2021 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi qonunda bunday xarajatlarga 80 trln sömdan köproq mablağ ajratiladi.
«Birinçi darajali budjet xarajatlari (iş haqi, stipendiya, nafaqa va pensiya) kelgusi yilda 82,7 trln sömni yoki jami xarajatlarning 50 foizini taşkil qiladi. Pensiya tölovlari esa 36,5 trln sömni taşkil etadi va uni öz vaqtida amalga oşiriş uçun jamğarma daromadlarining yetmagan qismi uçun davlat budjetidan 14,7 trln söm transfer ajratiladi.
Ikkinçidan, Özbekiston Respublikasi prezidenti va hukumati qarorlarida tasdiqlangan davlat dasturlari hamda iqtisodiyotning ayrim sohalarini rivojlantiriş uçun 40 trln söm mablağ ajratilişi közda tutilmoqda.
Özbekiston Respublikasi budjetining jami xarajatlari qonun loyihasining 5-ilovasidagi 56ta birinçi darajali budjet mablağlarini taqsimlovçilar, ya'ni vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlanmoqda.
Bu yildan boşlab ilk bor parlament nazoratini kuçaytiriş, mablağlar işlatiş samaradorligini oşiriş maqsadida nafaqat vazirliklar kesimida, balki davlat dasturlari uçun ajratilgan mablağlar alohida qilib körsatilmoqda.
Misol uçun, Soğliqni saqlaş vazirligining joriy xarajatlari qatorida 23ta davlat dasturlari uçun ajratilgan mablağlar alohida körsatib ötilgan.
Uçinçidan, aholini ijtimoiy himoya qiliş közda tutilgan 10,8 trln söm yoki 2020 yil uçun tasdiqlangan parametrlarga nisbatan 1,5 baravar köp. 2019 yilga nisbatan 2,2 baravar köp mablağlar ajratiş rejalaştirilgan.
Xususan, bolali va kam ta'minlangan oilalarni qöllab-quvvatlaşga joriy yil boşida 600 ming oilaga tölangan bölsa, 2021 yilda 1 mln 200 ming oilaga ijtimoiy nafaqa tölovlarini tölaş orqali kelgusi yilda ijtimoiy nafaqa oluvçilar soni 2 barobar oşiriladi. Buning uçun davlat budjetidan 4,5 trln söm mablağlar ajratiladi», deya Moliya vaziri sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.











