Özbekiston Konstitutsiyasiga ön beşinçi marotaba özgartişlar kiritilişi kutilmoqda. Qonun Oliy Majlis Senatining 18 dekabrdagi yalpi majlisida körib çiqiladi.
Konstitutsiyaga özgartiş kiritilişi haqida 11 dekabr kuni, Senat yalpi majlisida qaysi qonunlar körilişi oçiqlangan vaqtda ma'lum bölgan edi. Bu haqda xabar bergan Senat axborot xizmati Konstitutsiyaning aynan qaysi moddalari özgarişi mumkinligi, bu qanday özgarişlar ekaniga aniqlik kiritmagandi.
Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayevning ma'lum qilişiça, kutilayotgan yangiliklar – sudlar faoliyati va ayrim atamalarning özbek tiliga tarjimasiga doir.
Sudlar faoliyatiga doir özgarişlar prezidentning şu yil 24 iyuldagi «Sudlar faoliyatini yanada takomillaştiriş va odil sudlov samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni bilan boğliq.
Farmonga köra, 2021 yil 1 yanvardan boşlab:
- viloyat va unga tenglaştirilgan fuqarolik işlari böyiça, jinoyat işlari böyiça sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qat'iy ixtisoslaşuvini saqlab qolgan va sud işlarini yuritiş turlari böyiça alohida sudlov hay'atlarini taşkil etgan holda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar umumyurisdiksiya sudlari taşkil etiladi;
- ma'muriy va boşqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan işlarni körişga ixtisoslaştirilgan Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toşkent şahrida tumanlararo ma'muriy sudlarni taşkil etiş, şu munosabat bilan tuman (şahar) ma'muriy sudlarini tugatiş. Bunda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar ma'muriy sudlari saqlab qolinadi.
Şu munosabat bilan, Konstitutsiyaning 107-moddasi 1-qismi quyidagi tahrirga ötkazilişi kutilyapti:
«Özbekiston Respublikasida sud tizimi Özbekistan Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toşkent şahar sudlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar ma'muriy sudlari, fuqarolik işlari böyiça tumanlararo, tuman (şahar) sudlari, jinoyat işlari buyiça tuman (şahar) sudlari, tumanlararo, tuman (şahar) iqtisodiy sudlari va tumanlararo ma'muriy sudlaridan iborat».









