Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi davlat rahbarlari kengaşining videoanjuman şaklidagi majlisida Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan bir qator taşabbuslar bildirildi.

Avvalo, sönggi yillarda turli xalqaro tadbirlarda Özbekiston prezidenti tomonidan bildirilayotgan taşabbuslar nafaqat mamlakatimiz milliy manfaatlariga töla mos kelişini, balki ularning uşbu tadbirlarning kun tartibidagi asosiy masalalarga aylanayotganini ta'kidlaş lozim.

Mazkur sammitda Şavkat Mirziyoyev MDH hududida işlovçi mehnat migrantlarining malakasi, kasbiy salohiyati va tibbiy körikdan ötganligi böyiça hujjatlarni özaro tan olişning davlatlararo yagona mexanizmini yaratiş hamda mehnat migratsiyasi böyiça hamkorlik Dasturini işlab çiqiş va qabul qiliş taşabbusini ilgari surdi.

Asosiy maqsad – MDH hududida işlayotgan mehnat migrantlarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilişdan iborat.

Uşbu taşabbuslar bir qator jihatlari bilan e'tiborga molik. Xususan, mazkur taşabbuslarning amaliyotga faol tatbiq qilinişi MDHga a'zo davlatlarning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi hamda Hamdöstlik hududida umumiy mehnat bozorining zamonaviy tendensiyalarga mos ravişda ijobiy özgarib borişiga turtki beradi.

Pandemiya şaroitida bu juda muhim va strategik ahamiyatga ega. Zero, taşqi mehnat migratsiyasining tub mohiyatiga e'tibor beradigan bölsak, unda oddiy odamlarning hayotiga guvoh bölamiz. Şu nuqtayi nazardan, MDH sammitida Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi taşqi migratsiyada band bölgan

(şu jumladan, qiyin vaziyatga tuşib qolgan) odamlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning huquqini himoya qiliş, munosib iş şaroitini yaratiş kabi dolzarb vazifalarni qamrab olgan.

Ta'kidlaş kerakki, taşqi mehnat migratsiyasini tartibga soliş, uning salbiy oqibatlarini bartaraf etiş jahon hamjamiyati oldida turgan ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. Agarda raqamlarga e'tibor beradigan bölsak, bugun dunyoda 1 mlrd odam migratsion jarayonlarning iştirokçisi hisoblanadi. Şundan 270 mln kişi öz davlatidan taşqarida işlaydi. Umuman olganda, har tomonlama tartibga solingan, xavfsiz taşqi migratsiya amalda işçi kuçi resursining mobilligini oşiradi, uşbu sohada band bölgan odamlarning qöşimça könikma va bilimga ega bölişi uçun imkoniyat yaratadi.