18 dekabr kuni Özbekiston raisligida onlayn-muloqot şaklida ötkazilgan MDH davlat rahbarlarining uçraşuvi bugun xalqaro ekspert doiralarida yuqori baholanmoqda. Çet el davlatlari siyosiy doira vakillarining bunday katta qiziqişini quyidagi uçta omil bilan izohlasa böladi.

Birinçidan, bu 2020 yilning boşidan butun dunyoni qamrab olgan epidemiologik oğir vaziyat şaroitiga qaramay davlat rahbarlari muloqotining taşkil etilganligi; ikkinçidan, MDH davlatlari hududidagi, xususan Belarus va Qirğizistondagi siyosiy vaziyat, Janubiy Kavkazdagi harbiy holat; uçinçidan, va eng asosiysi Özbekistonning öz tarixida ilk bor Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi taşkilotiga raislik qilişi.

Şuni işonç bilan aytiş mumkinki, yuqoridagi omillarga qaramay Özbekiston öziga yuklatilgan vazifalarni yuqori darajada va muvaffaqiyatli bajardi. Buni biz nimalarda körişimiz mumkin?

Eng avvalo, yuqorida aytib ötilgan köplab mintaqaviy va xalqaro taşkilotlar işini murakkablaştirgan oğir epidemiologik vaziyatga qaramay Özbekiston MDHga raislik konsepsiyasi asosida hamdöstlikning hukumat rahbarlari kengaşi, Taşqi işlar vazirlari kengaşi, Iqtisodiy kengaşning tegişli yiğilişlari, qolaversa, MDH davlat rahbarlari uçraşuvini ötkazişga muvaffaq böldi. Şu bilan birga, tarmoqlararo hamkorlik organlarining 60ga yaqin majlislari taşkillaştirildi. MDH taşkilotidagi bunday doimiy faol muloqot siyosiy, iqtisodiy va madaniy gumanitar sohalarda, hamda xavfsizlik sohasidagi dolzarb masalalarni öz vaqtida hal etişda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ikkinçidan, Özbekistonning hamdöstlikdagi raisligining samaradorligiga yorqin misol sifatida MDH doirasida 2020 yilda taşkilotning ustuvor yönalişlari böyiça imzolangan muhim hujjatlarni aytiş mumkin. Xususan, MDH doirasida siyosat, iqtisodiyot, xavfsizlik, madaniyat, turizm, sport, yoşlar siyosati, innovatsion rivojlaniş kabi hozirgi zamon talablariga moslaştirilgan ustuvor yönalişlarda Hamdöstlik doirasidagi uzoq muddatli va özaro manfaatli hamkorlik uçun zamin yaratgan strategik hujjatlar qabul qilindi.