“Senator Mitç Makkonnell, respublikaçi senatorlar, siz qattiqqölroq bölişingiz lozim, yöqsa sizda Respublikaçilar partiyasi boşqa bölmaydi. Biz prezident saylovlarini katta ustunlik bilan yutdik. Buning uçun kuraşing. Ularga bizdan ğalabani öğirlaşlariga yöl qöymang”, deb yozgan Tramp tvitterda.

Respublikaçilarning senatdagi yetakçisi Mitç Makkonnell 15 dekabrda demokrat Jo Baydenni tabriklab, uning prezident saylovlaridagi ğalabasini tan olgan. 

14 dekabrda saylovçilar hay'ati köpçilik ovoz bilan Baydenni prezident saylovlari ğolibi deb topgandi. AQŞ konstitutsiyasiga köra, saylovçilar hay'ati natijalari kongress tomonidan 2021 yil 6 yanvarda tasdiqlanişi lozim.     

Amaldagi prezident hanuzgaça öz mağlubiyatini tan olmayapti va saylovlar natijalari böyiça sud orqali da'volaşişga urinişni davom ettirmoqda.