«Rosselxoznadzor» O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tayyor go‘sht va sut mahsulotlari eksporti uchun qo‘yilgan vaqtinchalik taqiqni bekor qildi
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan milliy mahsulotlarni dunyo bozoriga olib chiqish yo‘lida tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu jumladan, Rossiya Federatsiyasining “Rosselxoznadzor” federal xizmati bilan doimiy do‘stona munosabatlar asosida muvofiqlashtirilgan qo‘shma tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonda ishlab chiqilgan chorvachilik mahsulotlari, xususan, termik ishlovdan o‘tgan tayyor go‘sht va sut mahsulotlari hamda xomashyolarining Rossiyaga eksporti uchun yo‘l ochildi.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Kun.uz’ga xabar berishicha, “Rosselxoznadzor” federal xizmati tomonidan qo‘yilgan vaqtinchalik cheklov Xalqaro epizootik byuroning Quruqlikdagi hayvonlar sog‘lig‘i kodeksi talablari asosida termik ishlovdan o‘tgan tayyor mahsulotlar uchun bekor qilindi.
Endilikda O‘zbekistonda tayyor go‘sht va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub'yektlari o‘z mahsulotlarini Rossiya bozorida sotishi mumkin.
Buning uchun tadbirkorlik sub'yektlari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo davlatlarga eksport qiluvchi korxonalarni yagona reyestriga kirishi zarur bo‘ladi. Reyestrga kiritishdan oldin a'zo davlatlarning vakolatli organlari tomonidan hamkorlikda ishlab chiqaruvchi korxonalarda belgilangan tartibda veterinariya audit va inspeksiya o‘rganishlari o‘tkazilishi zarur bo‘ladi, deyiladi ma'lumotda.
Dastlabki bosqichda, mamlakatda faoliyat olib borayotgan hamda o‘z mahsulotlarini eksport qilish istagini bildirgan go‘sht, sut mahsulotlari, baliq, parranda mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi 9ta korxonada mahsulotlarni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo mamlakatlarga eksport qilishni amalga oshirish maqsadida vakolatli organlar tomonidan veterinariya audit va inspeksiya o‘rganishlarining o‘tkazilishi tashkil etildi.
Shu bilan bir qatorda, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va “Rosselxoznadzor” o‘rtasida O‘zbekistondan eksport qilinadigan chorvachilik mahsulotlari va korxonalar ro‘yxatini yanada kengaytirish borasida o‘zaro hamkorlikdagi ishlar davom etmoqda, deya yakunlangan xabar.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Panamada energiya ta’minoti blekautdan so‘ng tiklandi
Jahon | 13:18
-
Sog‘liqni saqlash, bandlik, bank sohalarida korrupsiyaviy holatlar yuqori – Senat
O‘zbekiston | 13:14
-
Ispaniya O‘zbekistonda yirik nasos stansiyalarini qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tkazadi
Iqtisodiyot | 13:13
-
Uitkoff Tramp Putin bilan telefonda gaplashmoqchi ekanini ma’lum qildi
Jahon | 13:10
Mavzuga oid

10:59 / 11.03.2025
Kattaqo‘rg‘onda eshak so‘yib, go‘shtini sotib kelgan shaxslar aniqlandi

14:00 / 17.02.2025
Dorilarni sut bilan ichish ularning ta’sirini yaxshilaydi - tadqiqot

14:58 / 18.01.2025
Kuniga atigi bir stakan sut ichish saraton xavfini pasaytiradi

12:21 / 12.12.2024