AQŞning saylangan prezidenti Jo Bayden koronavirusga qarşi emlandi. Demokrat AQŞ telekanali jonli efirida Pfizer vaksinasining birinçi dozasini qabul qilgan.
Bayden vaksinani özi tuğilgan Delaver ştatida qabul qilgan. Unga yaqin siyosatçilardan bölgan kongressmen Sedrik Riçmondda koronavirus aniqlangaç, Bayden vaksinani qabul qilişga qaror qilgan. Baydendan avval ham AQŞdagi katta siyosatçilar vaksinani ommaviy tarzda qabul qilgandi. Xususan, vitse-prezident Mayk Pens, kongress yetakçilari Nensi Pelosi va Mitç Makkonnel ham vaksinaning birinçi dozasini tantanali tarzda qabul qilişgan (vaksina ikkita dozadan iborat böladi).
AQŞda şu tariqa vaksinaning samarali ekaniga odamlarni işontiriş tarğib qilinmoqda. Jo Bayden va uning rafiqasi vaksinaning ikkinçi dozasini uç haftadan keyin qabul qiladi.
AQŞda ayni damda 18 millionga yaqin odam koronavirus yuqtirgan. Kasallik 318 mingdan ortiq amerikalikning umriga zomin böldi. Butun dunyoda esa virus yuqtirganlar soni 77 millionga yaqinlaşdi. Hozirgaça 1,7 milliondan ortiq odam koronavirus sabab vafot etdi.
Ma'lumot uçun, dunyoda eng işonçli deb atalayotgan Pfizer kompaniyasining koronavirusga qarşi vaksinasi köplab mamlakatlarda qabul qiliş uçun yaroqli deb topilgan. Yevropa Ittifoqi ham a'zo mamlakatlari hududida uşbu vaksinadan foydalanişga ruxsat bergan. 20 dekabr kuni Isroil boş vaziri Benyamin Netanyahu ham Pfizer vaksinasini jonli efirda qabul qilgandi.
Pfizer 1849 yil AQŞda taşkil etilgan dunyodagi eng yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Ştab kvartirasi Nyu-Yorkda joylaşgan kompaniya germaniyalik asosçisi Karl Pfitser şarafiga Pfizer deb nomlangan. Umumiy kapitalizatsiyasi 200 milliard dollar atrofida bölgan Pfizer 2019 yil yakunlariga köra 16 milliard dollardan köproq sof foyda körgan. Koronavirus vaksinasi ustida tadqiqotlari muvaffaqiyatli yakunlansa, korxona foydasi sezilarli oşişi kutilmoqda.













