Dunyo bo‘ylab yetakchi smartfon brendlaridan biri bo‘lgan OPPO O‘zbekistonda sotuvlar yo‘lga qo‘yilganini e'lon qiladi.
«OPPO global texnologik brendga aylanib bormoqda. Biz 40 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat olib boramiz va bor-yo‘g‘i 2020 yilning o‘zidayoq butun dunyo bo‘ylab shiddat bilan kengaymoqdamiz.
O‘zbekistonda savdoni yo‘lga qo‘yilishi butun dunyo bo‘ylab o‘z mahsulotimizni namoyish etish istagi va maqsadimiz jiddiyligini yana bir bor isbotlaydi.
O‘zbekiston – biz uchun muhim bozor. So‘nggi vaqtlarda mamlakatda smartfonlardan foydalanish ko‘rsatkichi sezilarli darajada o‘sdi va davlat 2023 yilga qadar telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishning salmoqli jarayonini boshlab yubordi, bu esa o‘z navbatida bizning imkoniyatlarimizni yanada kengaytirishga imkon beradi.
Ishonamizki, O‘zbekistondagi iste'molchilarga mahsulotlarimizdagi texnologik innovatsiya va dizaynerlik yechimlar uyg‘unligi ma'qul keladi» - deya izoh beradi OPPO kompaniyasining O‘zbekistondagi eksklyuziv distribyutori Yan Veysheng.
Jahon brendi
Kompaniya butun dunyo bo‘ylab faoliyat olib boradi va dunyoning taniqli sport brendlari, jumladan «Barselona» futbol klubi, shuningdek, Uimbldon va Rolan Garros tennis turnirlari bilan hamkorlik qiladi. Eddi Redmeyn hamda Muhammad Saloh kabi jahonning mashhur shaxslari esa brendning elchilari hisoblanadi. OPPO Lamborghini kabi taniqli brendlar bilan hamkorlik qiladi.

«Bizning jamoa mahalliy bozor haqida yaxshi xabardor bo‘lib, foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni taqdim etishga diqqat-eʼtiborni qaratgan. Biz O‘zbekistonda o‘z brendimizni tez rivojlantirishni reja qilganmiz». – deya qayd etadi OPPO’ning O‘zbekistondagi vakili.
O‘zbekistonda o‘zining muvaffaqiyatli faoliyatini ta'minlash uchun OPPO yangi smartfonlarni taqdim etuvchi bir nechta yirik savdo do‘konlari hamda ixtisoslashtirilgan riteylerlik tarmoqlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi.
Siz OPPO mahsulotlarini Media Park, Elmakon, Radius, Idea va Arena markaz’da xarid qilishingiz mumkin.
Va albatta, OPPO mahsulotlarini Malika va Abu Saxiy savdo shoxobchalarida ham topish mumkin.

















