OPPO kompaniyasi bilan birga biz smartfonni tez quvvatlash yordamida hayot yillarini qanday tejash mumkinligi, hamda 67 Vt kuchga ega tez quvvatlash funksiyasi boshqalariga qaraganda qanday afzalliklarga ega ekanini ko‘rib chiqdik.
Bugungi hamma narsa jadal rivojlanayotgan va hamma qayergadir shoshib yashayotgan bir davrda, vaqt eng qimmatli manbaga aylandi. Kunlar o‘tgani sari u ham kamayib bormoqda. Buni esa hech kim qabul qilolmaydi, chunki hamma ham hayotning har bir daqiqasidan to‘liq zavq olib ulgurishni istaydi. Atrofimizda esa qimmatli vaqtni o‘g‘irlaydigan omillar tobora ko‘payib bormoqda. Masalan, qo‘limizdagi gadjetlar doimo e’tiborni o‘ziga tortib, ularni quvvatlantirish uchun ham ko‘p vaqt sarflashga majbur qiladi.

OPPO kompaniyasi bilan birgalikda biz smartfonni tez zaryadlash yordamida hayot yillarini qanday tejash va 67 Vt kuchga ega bo‘lgan tez quvvatlash imkoniyati boshqa qurilmalarga qaraganda qanchalik yaxshi ekanini ko‘rib chiqdik.
Tez quvvatlanish zararlimi?
Albatta yo‘q. Smartfonni quvvatlantirish qanchalik tez bo‘lsa, batareyani almashtirish uchun telefonni tez fursatda ustaxonaga olib borish kerak bo‘ladi degan fikr bor. Bunday xayollar bir necha yil oldin to‘g‘ri edi. Ammo hozirda OPPO kabi yirik smartfon ishlab chiqaruvchilari tez quvvatlash texnologiyalarini shu darajaga yetkazishdiki, akkumulyator xavfsizligi haqida tashvishlanishga hojat qolmadi.

Shu tariqa, tez quvvatlanish funksiyasini ko‘tara oladigan smartfonlar dastlab tez zaryadlanadi, taxminan 50% gacha batareyani juda tez to‘ldiradi. So‘ngra yarmidan keyin tezlik pasayib, asta-sekin standart qiymatlarga qaytadi. Shu tariqa, batareya kuchini yo‘qotmaydi, bu esa smartfonni tez zaryad qilish imkonini berib, batareyani almashtirishdan egasining vaqtini va pulini tejaydi.
Nima uchun smartfonni tez zaryadlash bu qadar muhim?
Vaziyatni tasavvur qilsak: ertalab telefonlarda budilnik jiringlaydi, uni o‘chirib, smartfonni quvvatlantirishni unutganingizni eslaysiz. Bunday vaziyatda nima qilish kerak? 25−30 Vt quvvatni ko‘tara oladigan smartfonga ega foydalanuvchi telefoni to‘liq quvvatlanishini kutishi natijasida ishga yoki o‘qishga bir-ikki soat kech qolishiga to‘g‘ri kelardi.


















