Saliyevning hisobotida 2020 yil yakuni bilan viloyatda barça asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlarda 2016 yilga nisbatan ösiş qayd etilayotgani ta'kidlab ötilgan. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmatining rasmiy press-relizida qayd etilgan.

YaHM hajmi 2016 yilning mos davriga 3,6 barobar yoki 12,8 trln sömga, sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 2016 yilga nisbatan 2,9, iste'mol mollari işlab çiqariş hajmi 2,3, qişloq xöjaligi mahsulotlari hajmi 10, pudrat işlari hajmi 7,7, çakana savdo aylanmasi 18,7, jami xizmatlar hajmi 2,8 barobarga oşgani ta'kidlandi.
(Koronavirus pandemiyasi sababli ketma-ket karantinlar joriy etilgan 2020 yilda barça sohalarda ösiş qayd etilganini soliştiriş uçun negadir ötgan 2019 yil emas, 2016 yil tanlangani albatta qiziq — tah.)
Qişloq xöjaligida joriy yilda Jizzax viloyatida 684 ming tonna ğalla, 220 ming tonna paxta, 730 tonna pilla, 440 ming tonna meva-sabzavot, 615 ming tonna göşt va sut mahsulotlari, 231 million dona tuxum yetiştirilgan. 41,3 ming tonna qişloq xöjaligi mahsulotlari qayta işlanib, 26,8 mln dollarlik tayyor mahsulot eksport qilingan.

Saliyevning ma'ruzasida kambağallik muammosi va bu borada olib borilgan işlarga alohida e'tibor qaratilgan. 2020 yil davomida olib borilgan işlar natijasida 14 ming 987 (88 foiz) kam ta'minlangan oilalardan 20 ming 343 (97 foiz) işsiz oila a'zolari iş bilan ta'minlandi.
Murojaat davomida har bir mavzu böyiça hokimlikning kelgusi yil uçun reja va loyihalari taqdimoti ham ötkazildi. Ergaş Saliyev murojaatnomani tahliliy va tanqidiy ruhda olib bordi. Köplab sohalarda oqsoqliklar mavjudligi oçiqlandi. Rahbarlarni xalq manfaatlariga xizmat qilişda faol bölişga çaqirildi.

Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengaşi sessiyasidan söng, jurnalistlar va blogerlar iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.










