Özbekiston va Rossiya rasmiylari Özbekistonda birinçi atom elektr stansiyasini quriş böyiça asosiy şartnoma yuzasidan muzokaralarni davom ettirmoqda.
«ÖzAtom» agentligi, Rossiyaning Toşkentdagi elçisi Vladimir Tyurdenevning gaplariga javoban, şunday bayonot bilan çiqdi.
Avvalroq elçi AES böyiça şartnoma «deyarli tayyor» ekani va masalaning faqat texnik jihatlari qolgani haqida gapirgandi.
«Hozirda Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi tomonidan taşkil etilgan işçi guruhlar tomonidan Özbekiston Respublikasida atom elektr stansiyasini quriş böyiça asosiy şartnoma şartlarini muhokama qiliş böyiça doimiy muzokaralar ötkazib kelinmoqda.
Uşbu şartnomani muhokama qilişda Özbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini inobatga olgan holda muzokara pozitsiyalari işlab çiqilgan va himoya qilib kelinmoqda.
Hozirda tomonlar loyihaning xavfsizligi va işonçliligi hamda iqtisodiy samaradorligini oşiriş, şuningdek respublikaning milliy manfaatlaridan kelib çiqqan holda pozitsiyalarini yaqinlaştiriş böyiça muzokaralarni davom etmoqdalar.
Bundan taşqari, AESni joylaştiriş maydonçasiga tegişli ruxsatnoma oliş maqsadida obektni joylaştiriş böyiça ustuvor maydonçada keng kölamli muhandislik tadqiqot işlari amalga oşirilmoqda va AES qurilişi hamda undan foydalanişning atrof muhitga ta'sirini baholaş böyiça hujjat işlab çiqilgan bölib, uşbu hujjat böyiça örnatilgan tartibda ekspertizadan ötkaziş hamda jamoatçilik eşittiruvlarini taşkil etiş böyiça rejaga asosan işlar olib borilmoqda.
Tanlangan maydonçada Rossiya tomoni bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan muhandislik tadqiqot işlari natijalari AES qurilişi böyiça şartnoma şartlarining asosi bölib xizmat qiladi», – deyiladi «ÖzAtom» bayonotida.
Eslatib ötamiz, şu kunlarda rus elçisi Vladimir Tyurdenev Özbekiston Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasidan 1 mln doza buyurtma bergani haqida ham xabar tarqatdi. Ammo bu ma'lumotni hozirça rasmiy Toşkent tasdiqlagani yöq.










