Turkiya Toğli Qoraboğdagi vaziyatni nazorat qiliş markazi quriş böyiça kelişuv doirasida Ozarboyjonga 60 harbiysini jönatgan. Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vaziri Xulusi Akar ma'lum qildi.
“Hozirda personalimizdan 60 kişi Ozarboyjonga jönatildi. Uç tomon örtasida markaz quriş böyiça barça kelişuvlarga erişilgan. Faqatgina qurilişga, personalni joylaştirişga taalluqli bir qator masalalarni hal qiliş qolmoqda. Odamlarimiz u yerda ruslar bilan birga işlaşadi. Ularning hududda qolişlari muddati borasida Rossiya tomoni bilan gaplaşamiz”, deb aytgan Akar.
Uning ta'kidlaşiça, Toğli Qoraboğdagi yaraşuv ortidan rossiyalik harbiylardan taşqari, Turkiya qurolli kuçlarining “30dan 60gaça vakili” kuzatuv olib boradi.
“Ular ruslar bilan birga öt oçişni töxtatiş rejimining ta'minlanişi uçun barça zarur işni amalga oşirişadi”, deb ta'kidlab ötgan Turkiya mudofaa vaziri.
9 noyabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan Toğli Qoraboğdagi jangovar harakatlarni töliq töxtatiş haqida qöşma bayonotni imzolaşgandi. Bayonotga köra, Toğli Qoraboğdagi vaziyat ortidan rossiyalik tinçlikparvar kuçlar kuzatuv olib boradi. 11 noyabrda esa Xulusi Akar va Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu videoaloqa orqali ötgan muzokaralar yakunlariga köra Toğli Qoraboğda öt oçişni töxtatiş rejimini nazorat qiluvçi Rossiya-Turkiya markazini taşkil etiş haqida memorandum imzolaşgan.












