Mobil texnika bozorida biror yangilik bilan ajablantiriş tobora qiyinlaşib borayotgan hozirgi paytda, OnePlus kompaniyasi buning uddasidan çiqişga yaqin turibdi. Gap şundaki, uning yangi 8T Concept deb atalgan tajribaviy smartfoni orqa paneli turli hodisalarga va datçiklardan olinuvçi signallarga javoban öz rangini özgartira oladi.
Qurilmada bunday antiqa xususiyat Electronic Color, Material and Finish (ECMF) deb nomlangan texnologiya qöllanişi evaziga paydo bölgan. Uşbu texnologiyada metall oksidi negizidagi öziga xos plyonka qöllanadi. Uşbu plyonka orqa panelni qoplagan oyna ostida joylaşadi. Aynan şu material kuçlaniş ta'sirida öz rangini özgartiradi. Videoda namoyiş qilingan smartfonda uning orqa paneli töq kökdan kumuşrangga özgarişini köriş mumkin.
Uşbu qurilmani işlab çiqqan mutaxassislar xaridorlar e'tiborini bunday yangilikning amaliy foydasiga qaratişmoqda. Rangning özgarişi foydalanuvçiga olingan xabarlar yoki ötkazib yuborilgan qönğiroqlar haqida ma'lum qilişi mumkin. Bundan taşqari, uşbu funksiya foydalanuvçi nafas olişi ritmi bilan sensor-radar (mmWave) yordamida sinxronlaştirilişi mumkin. Yangi smartfonni bunday holatda qöşimça fitnes-opsiyalar uçun qöllaş mumkin.
Kompaniyada 8T Concept tijoriy qurilma sifatida bozorga çiqarilişi borasida aniqlik kiritilmagan.

















