Avvalroq Bayden ştabi a'zosi Rob Flaerti yangi prezident Twitter’dagi akkauntlar topşirilişi vaqtida obunaçilarsiz qolişini ma'lum qilgandi. 

Twitter Baydenning 2021 yil 20 yanvardagi inauguratsiyasi kuni Oq uyning @WhiteHouse, @LaCasaBlanca, @POTUS, @VP, @PressSec va @Flotus kabi rasmiy akkauntlarini yangi ma'muriyatga topşiradi.

Twitter’da ta'kidlanişiça, ijtimoiy tarmoq uşbu akkauntlar obunaçilarini akkauntlar arxivlanişidan ogohlantiradi va ularga Bayden ma'muriyatining yangi akkauntlarini kuzatişni taklif qiladi.

“Misol uçun, @WhiteHouse’ga obuna bölganlar akkaunt @WhiteHouse45 kabi arxivlanişidan ogohlantiriladi va ularga yangi @WhiteHouse akkauntini kuzatib boriş imkoniyati taqdim etiladi”, deyilgan ijtimoiy tarmoq xabarida.

Şu bilan birga, Tramp özining 88 mln obunaçiga ega şaxsiy akkaunti @realdonaldtrump’ni saqlab qolişi mumkin böladi. Biroq Trampga AQŞ prezidenti sifatida akkauntini himoyalaşda taqdim qilingan funksiyalar saqlanmaydi. 

Flaertining ta'kidlaşiça, Tramp ma'muriyati 2016 yilda Barak Obamaning akkauntini barça obunaçilari bilan olgan. Uning aytişiça, Twitter’ning hozirgi qarori kompaniyaning özi tomonidan qabul qilingan va unga Tramp ma'muriyatining aloqasi yöq.