Andijon viloyati «Yagona buyurtmaçi xizmati» IK rahbari Qodirov Muhiddin Abduraimoviç 100 foiz özi egalik qiladigan «Milano Biznes Servis» MÇJga qariyb 20 mlrd sömlik qurilişga oid davlat buyurtmalarini olgan. Bu haqda Telegram'dagi «davletovuz» kanali öz suriştiruvini e'lon qildi.

Ma'lum bölişiça, «Milano Biznes Servis» MÇJ Jalaquduq tumanida «Oyim» köp tarmoqli poliklinikasini (6 mlrd söm), Izboskan tumanidagi 42-maktabni (6,9 mlrd söm), Qurğontepa tumanidagi 5-umumiy maktabni (6,7 mlrd söm) rekonstruksiya qiliş huquqini qölga kiritgan. Obektlar böyiça tuzilgan turli komissiyalarda buyurtmaçi sifatida «Yagona buyurtmaçi xizmati» IK rahbari Muhiddin Qodirov ham ötirgan.

Ta'kidlanişiça, Andijon viloyatida davlat amaldorlariga bevosita yoki bilvosita tegişli bölgan kompaniyalar viloyatdagi davlat buyurtmalarini bajarişda faol iştirok etib kelmoqda, manfaatlar töqnaşuvi, taniş-bilişçilik va qarindoşçilik aloqalari yaqqol körinib turibdi.

Xususan, «Andijon ihlos qurilish» MÇJ Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi mablağlaridan amalga oşiriladigan qurilish obektlari manzilli röyxatidagi taxminan 10 mlrd 800 mln sömlik davlat buyurtmalarini bajarişga mas'ul qilib belgilangan. Ayni paytda Respublika budjetidan soğliqni saqlaş sohasida amalga oşiriladigan manzilli qurilish röyxatidagi 3 mlrd 200 mln sömlik obektlar mazkur kompaniyaga berilgan. Bundan taşqari, mazkur kompaniya Paxtaobod tumanida 26,5 mlrd sömlik ikkita 32 kvartirali köp qavatli uyni quriş va tegişli inşootlarni ta'mirlaş böyiça tenderda ğolib bölgan. Tegişli şartnoma 2020 yil 9 noyabrda imzolangan.

«Andijon ihlos qurilish» MÇJ uluşi töliğiça Qodirov Baxtiyor Abdumannoboviçga tegişli. Baxtiyor Qodirovning töğridan töğri qarindoşi esa, şu obekt böyiça bevosita davlat buyurtmaçisi bölgan Andijon viloyati «Yagona buyurtmaçi xizmati» IK rahbarining örinbosari —