Keça, Kun.uz saytida «Çiroqçida bir sutkada 16 soatgaça çiroq öçirilayotgani ma'lum qilindi» sarlavhasi bilan Özbekiston iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi tomonidan Çiroqçi tumanida ötkazilgan monitoring natijalari e'lon qilingan edi.

Bugun «Qaşqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati şu xabarga munosabat bildirdi. Unda yozilişiça, «Milliy elektr tarmoqlari» AJga qaraşli dispetçerlik xizmatlari tomonidan Yakkaboğ-1, Yakkaboğ-2, Şahrisabz yuqori kuçlanişli havo elektr uzatiş tarmoqlarini çeklaşga öçirilişi yoki avariyaga qarşi avtomatika tizimlarini işga tuşişi oqibatida Çiroqçi tumani elektr ta'minotida çeklovlar yuzaga kelgan.

«Kun.uz saytida «Çiroqçida bir sutkada 16 soatgaça çiroq öçirilayotgani ma'lum qilindi» sarlavhali Özbekiston iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati xabari e'lon qilindi.

Uşbu holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Yagona energetika tizimida quvvat tanqisligi holatlari yuzaga kelganligi sababli yagona energetika tizimida turğun iş rejimini saqlaş, sodir bölişi mumkin bölgan avariyalarning oldini oliş maqsadida «Milliy elektr tarmoqlari» AJga qaraşli dispetçerlik xizmatlari tomonidan yuqori kuçlanişli havo elektr uzatiş tarmoqlarida elektr energiyasini çeklaş holatlari kuzatilmoqda.

Buning oqibatida viloyatimizdagi ayrim iste'molçilarni elektr energiyasi bilan ta'minlaş imkoni bölmayapti. Xususan, Yakkaboğ-1, Yakkaboğ-2, Şahrisabz yuqori kuçlanişli havo elektr uzatiş tarmoqlarini «Milliy elektr tarmoqlari» AJga qaraşli dispetçerlik xizmatlari tomonidan çeklaşga öçirilişi yoki avariyaga qarşi avtomatika tizimlarini işga tuşişi oqibatida Çiroqçi tumani elektr ta'minotida çeklovlar yuzaga kelgan.

Elektr ta'minotida çeklovlar kuzatilayotgani va uning sabablari yuzasidan Energetika vazirligi va boşqa mutasaddi taşkilotlar tomonidan OAV orqali tegişli izohlar berilgan. Şunday bölsada, elektr ta'minoti böyiça bildirilayotgan e'tiroz va noroziliklarni bartaraf etiş maqsadida «Qaşqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan viloyatimizga örnatilayotgan elektr energiyasi yetkazib beriş limitlarini oşirişga amaliy yordam sörab mutasaddi taşkilotlarga murojaat etib kelinmoqda»