Kun.uz muxbirining xabar berişiça, unda afv etilgan şaxslarning ijtimoiy hayotga moslaşuviga kömaklaşiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan vazirliklarning axborotlari eşitildi.
Tadbirda içki işlar vazirligi boşqarma boşliğining birinçi örinbosari Mirjamol Miralimov afv etilgan fuqarolarni toifalarga ajratişda nega diniy ekstremizmga aloqador jinoyat sodir etganlikda ayblanib, afv etilgan şaxslarga köproq urğu berilişi borasidagi savolga javob berdi.
«Diniy ekstremizmni heç qanday ajratiş masalasi yöq, qança fuqaro afv etilgan bölsa hammasiga birdek qaralib, davlat tomonidan mablağ berilyapti.

Diniy ekstremizm bilan sudlangan degandan söng nima uçun bunga urğu beriladi. Albatta, bu yönalişda juda katta işlar olib boriladi. Öşa fuqaro qamoqda jazoni ijro etayotgan vaqtida içkarida ham katta işlar olib boriladi. Öşa fuqaroni töğri hayotga qaytariş, uning ongini özgartiriş kabi. Bu böyiça maxsus guruhlar bölib, u yerda imom-xatiblar işlab, ularga töğri yölni tuşuntiradi, bu yöl notöğri ekanligini aytadi. Şundan söng öşa fuqaro tuşunib, özi [bu yöldan] qaytganidan söng ozodlikka çiqadi. Bu toifadagilarga köproq imtiyoz degan narsa yöq, çiqqandan söng ularning hammasiga bir xil qaraladi», - dedi IIV mas'uli.
Oliy Majlis Senati Sud-huquq va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisining örinbosari Şuhrat Çölliyev ham mavzu yuzasidan qöşimça izoh berdi.

«Asosan kimlar afv etilyapti? Odam öldirganlar yoki boşqalar emas, asosiy toifasi adaşganlar va bilmay jinoyat qilib qöyganlar. Lekin şularning içida diniy ekstremizm [bilan ayblanganlar] ham bor. Aslida bu oğir toifa hisoblanadi. Prezidentimiz oxirgi tört yil davomida çiqaryapti [afv qilyapti], oldin çiqarilmagan ular. Qonun böyiça ular 15-20 yillab yotişi kerak.
Içkarida ham yaxşi işlar olib borilmoqda, ular ham bu işlarni boşqa qilmaymiz, haqiqiy musulmon yölidan ketamiz deganidan söng çiqarilmoqda. Şuning uçun ularga biz mutaxassislar mana şular ham çiqdi deb alohida urğu beramiz. Qolganlar umumiy qilib gapirib ötilganining sababi, ular adaşib yengil jinoyat qilganlar. Ikkitalab odam öldirganlar, nomusga tekkanlar çiqmaydi. Faqatgina adaşib öğirlik yoki boşqa jinoyat qilib qöyganlar va bu urğu berganlarimiz [diniy ekstremizmga aloqador jinoyatlar] oğir toifa,” – deya senatorning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.











