Vladimir Putin – kelişsa böladigan yetakçi. Uning sözi bilan işi bir, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Rossiya rahbarining Erdöğan töğrisidagi sözlariga izoh berarkan.

Turkiya prezidenti rossiyalik hamkasbining şaxsiy fazilatlariga yuqori baho berdi.

Erdöğanning sözlariga köra, Turkiyaning Rossiya bilan munosabatlari alohida xususiyatga ega.

Turkiya rahbari Rossiya bilan tovar almaşiş hajmi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojining eng yaxşi isboti ekanligini aytdi.

Erdöğan şuningdek, Isroil bilan munosabatlarning keskinlaşganligi borasida ham fikr bildirdi.

Uning sözlariga köra, Turkiya Isroil bilan razvedka xizmatlari darajasidagi aloqalarini heç qaçon töxtatmagan.

«Ammo bu mamlakat rahbariyati bilan qator muammolarimiz mavjud», - dedi Turkiya prezidenti.

U Anqara Isroil bilan munosabatlarni yaxşilaşni istaşini, ammo Isroilning Falastinga nisbatan pozitsiyasini qabul qila olmasligini ta'kidladi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin yillik matbuot anjumanida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanga ta'rif berib, uni “sözida turadigan erkak” deb atagandi.