Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“So‘zida turadigan erkak” - Putin Erdo‘g‘anga ta'rif berdi
Putinning qayd etishicha, agar Erdo‘g‘an biror narsani Turkiya uchun foydali deb bilsa, «oxirigacha boradi», uning nima qilishi ma'lum.
Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an «ayrim masalalarda» ko‘pincha turlicha fikrlarga ega. Bu haqda Putin matbuot anjumanida aytdi.
«Ehtimol, bizda ba'zan butunlay qarama-qarshi fikrlar bo‘lishi mumkin. Ammo u so‘zida turadi. Erkak. Laganbardorlik qilmaydi», — dedi u Turkiya prezidentiga ta'rif berarkan.
Putinning qayd etishicha, agar Erdo‘g‘an biror narsani Turkiya uchun foydali deb bilsa, «oxirigacha boradi», uning nima qilishi ma'lum.
«Bu kim bilan ish olib borayotganingni tushunish uchun juda muhim», — deb qo‘shib qo‘ydi Putin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalistlar bilan yillik matbuot anjumani o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
15:45 / 10.07.2026
Putin urushni davom ettirmoqchi
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026