«Hozirda respublika böyiça 180ta markaz faoliyat olib boryapti. Asosiy muammolardan biri şundaki, köçada qolgan ayollar, jabr körmagan bölsa-da bizning markazga olib kelinmoqda. Ularni qabul qilyapmiz. Çunki boradigan joyi yöq. Yonida ikkita farzandi bor. Lekin keyin ularni qaytarib çiqarib yuboriş imkoniyati juda qiyin bölyapti. Buning huquqiy asosi ham yöq. Yana bir oğriqli jihat, şu paytgaça reabilitatsiya markazlarida normativ-huquqiy hujjatlar işlab çiqilmagan. 

Markazlarimizdagi ayollar orasida ruhiy xasta va tuşkunlikka tuşib qolganlari köp uçraydi. Biz aslida faqatgina zörlikdan jabr körgan ayollarni qabul qilib, ular bilan işlaşimiz kerak. Çunki köçada qolgan hamma ayollar bilan işlaş imkoniyatimiz yöq. Surxondaryo, Qaşqadaryo, Namangan va boşqa viloyatlardan bizning markazlarda ayollar yaşamoqda. Ularning ikkita, uçtadan bolalari bor. 

Masalaning yana bir çigal tomoni şundaki, ular bizdan uy-joy talab qilişyapti. «Uy-joy bersanglar, Toşkentda qolamiz, şu yerda işlaymiz, agar bermasanglar, bu yerdan çiqib ketmaymiz», deb tazyiq ötkazişga ham harakat qilişyapti. Hozirda 32ta koykamiz mavjud va u yerda 6-7 oylab yaşayotgan ayollar bor. Çunki huquqiy hujjat qilinmagan. Buni birgalikda körib çiqib, ularni çiqarib yuboriş böyiça içki işlar organlaridan yordam sörayapmiz. Hamma viloyatlar özlarining ayollarini himoyaga olsin. Vakillari kelib olib ketişsin. 

Kuni keça Surxondaryodan bir ayolni olib kelişdi. Uning 3 nafar farzandi erida qolgan. Biz 3 kun muddatga deb qabul qilib oldik. Lekin hozir «men ketmayman, işlayman, şu yerda qolaman», deyapti. Ular tuşkunlikka tuşib qolgan ayollar hisoblanadi», deya markaz rahbari sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.  

Ma'lum qilinişiça, 2020 yilning ötgan 11 oyi davomida içki işlar organlari tomonidan turli tazyiq va zöravonliklarga uçragan 11 ming 138 nafar xotin-qizga himoya orderi berilgan. Ularning 9 ming 916 nafari (89 foiz) oilada tazyiq va zöravonlikka uçragan, 5 ming 418 nafariga nisbatan esa jismoniy zöravonlik sodir etilgan. Şuning natijasida 652ta oila ajraşib ketgan.