Qaşqadaryo viloyatida 171 ta nimstansiya, 27928 km 0,4-6-10-35-110 kV kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlari va 9640 ta transformator punktlari orqali 670 mingdan ziyod iste'molçiga elektr energiyasi yetkazib beriladi.

Nihoyasiga yetayotgan 2020 yilda viloyatda elektr ta'minotini yaxşilaş borasida “Qaşqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan inşoot, uskuna va tarmoqlarni yangilaş borasida qator işlar amalga oşirildi.

Sohadagi uzilişlarning oldini olişda mavjud tarmoq va inşootlarning soz holatda bölişi muhim ahamiyatga ega. Aksariyat holatlarda uzilişlar tarmoqlarning eskirganiga borib taqaladi.

Şu sababdan,  yilning bugungi kuniga qadar viloyatning şahar va tumanlari hududlarida 1057,3 km uzunlikdagi elektr uzatiş tarmoqlari va 286 dona transformator punktlari yangidan qurilib, rekonstruksiya işlari amalga oşirildi. Ayni vaqtda ham qator tumanlarda xuddi şu boradagi işlar davom etmoqda.

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2020/2021 yillar kuz-qiş davrida barqaror işlaşga kompleks tayyorlaş yuzasidan 2 098,1 km uzunlikdagi 0,4-6-10-35-110 kV elektr uzatiş tarmoqlari va 701 dona transformator punktlarida mukammal ta'mirlaş işlari bajarildi.

Yuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etiş va boşqa tegişli vazifalar uçun 22 ta maxsus brigada taşkil etildi, 48 ta maxsus avtotransport vositasi şay holatga keltirildi.

Elektr tarmoqlari korxonasi jamoasi bu boradagi işlarni davom ettirib, kelgusi yilda yanada yuqoriroq marralarni zabt etişni maqsad qilmoqda.  

Yana bir jihat: Elektr energiyasini hisoblaşning avtomatlaştirilgan tizimi — ASKUE iste'molçilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlaşda muhim omillardan biri hisoblanadi. Şu sababdan viloyatda mazkur tizimni töliq joriy etiş maqsadida amaliy işlar olib borilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 oktyabrdagi “Elektr energetikasi tarmoğini jadal rivojlantiriş va moliyaviy barqarorligini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida” qaroriga asosan bugungi kungaça Qaşqadaryo viloyatidagi iste'molçilarga 368 144 dona EEHO va NQAT ga mos (ASKUE talabiga javob beradigan) elektr hisoblagiçlari örnatilgan.

Bu işlar “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ “Qaşqadaryo HET”AJning öz mablağlari hisobidan amalga oşirilgan. Ya'ni, yangi tizimga ulaniş va bu turdagi hisoblagiçlar örnatiş uçun iste'molçidan mablağ talab etilmaydi.

Albatta, amalga oşirilayotgan işlarga qaramasdan hali hamon joylarda elektr ta'minotida uzilişlar bölmoqda. Mazkur uzilişlarni keltirib çiqargan omillar örganilib, muammoni bartaraf etiş böyiça sa'y-harakatlar davom ettirilmoqda. Bu böyiça amalga oşirilayotgan işlarimiz öz natijasini berişiga işonamiz.

Elektr tarmoqlari korxonasi jamoasi bu boradagi işlarni davom ettirib, kelgusi yilda iste'molçilarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlaşni öz oldiga vazifa qilib olgan.

“Qaşqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati