Bu jinoyat haqida 2020 yil iyul oyida berilgan xabarda, 41ta holatda quriliş obektlari tendersiz berib yuborilgani aytilgandi.

Jinoyat işining qözğatilişiga «Yagona buyurtmaçi xizmati» IK mansabdor şaxslari noqonuniy ravişda tanlov ötkazib, layoqatsiz quruvçilarga quriliş obektlarini topşirişi yuzasidan töplangan hujjatlar asos bölgan.

Kun.uz Xorazm viloyati prokuraturasidan olgan ma'lumotga köra, 2019 yilda 2,5 mlrd sömlik, 2020 yilning 5 oyida 279,8 mln sömlik, jami 2,79 mlrd sömlik bajarilmagan işlar qöşib yozilib, davlat va jamiyat manfaatlariga juda köp miqdorda zarar yetkazilgan.

«Bu holatlar böyiça 11 nafar şaxs jinoiy javobgarlikka tortilib, aybdorlardan 2,56 mlrd söm miqdordagi zarar undirilişi ta'minlangan.

Hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan mansabdor şaxslarning budjet mablağlarini talon-toroj qilinişiga şaroit yaratib bergani bilan birga, ularning boşqa jinoyatlarini foş qiliş maqsadida tergov guruhi tuzilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», – deyiladi rasmiy axborotda.

Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat va mansab vakolatini suiiste'mol qiliş) bilan oçilgan iş böyiça tergovni Xorazm viloyati prokuraturasining öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi ötkazmoqda.

  • Eslatib ötamiz, 24 dekabr kuni Andijon viloyatida davlat obektlarini quriş qarindoş-uruğlar örtasida taqsimlab olingani xabar qilindi. Ma'lum bölişiça, Andijon viloyati hokimligi qoşidagi «Yagona buyurtmaçi xizmati» IK rahbari Muhiddin Qodirov va «Qişloq quriliş invest» MÇJ IK Andijon viloyat filiali rahbari Ravşanbek Jabborqulov milliardlab davlat buyurtmalarini özlari va qarindoşlariga tegişli kompaniyalar örtasida «taqsimlagan».