Alp toğlaridagi Xoxfogel toği unda hosil bölgan yoriq sababli bölaklanib ketişi mumkin. E'tiborlisi, uşbu toğ orqali Avstriya va Germaniya çegarasi ötadi. 

Earth Surface naşrida ma'lum qilinişiça, balandligi 2,5 ming metrdan yuqoriroq bölgan toğdagi yoriq ança oldin paydo bölgan va kengayişda davom etmoqda. U yiliga 5 millimetr tezlik bilan kengaymoqda va ba'zi joylarda eni 5 metrgaça yetmoqda. Mutaxassislarning prognoziga köra, bunday davom etadigan bölsa, ma'lum muddatdan keyin Avstriyadagi Xornbax vodiysiga 260 ming kubmetr toğ jinsi qulaşi mumkin. Biroq bu qaçon yuz berişini aytiş qiyin.  

Yoriqning kengayişiga şamol, harorat özgarişi va köplab kuçsiz yer silkinişlari sabab bölmoqda.