AQShning Neshvill shahri markazida avtomobil portladi. Shahar politsiyasi portlash qasddan amalga oshirilganini aytmoqda.

Hodisa bo‘yicha politsiya, FQB hamda adliya vazirligi huzuridagi o‘tochar qurollar va portlash bilan bog‘liq holatlarni o‘rganuvchi agentlik surishtiruv olib bormoqda.

Ma'lumot berilishicha, voqea sodir bo‘lgan joyga yaqin ko‘chalar yopib qo‘yilgan.

CNN muxbirining xabar berishicha, barcha alomatlarga ko‘ra, portlash kuchli bo‘lgan.

Shahar o‘t o‘chirish departamenti vakilining so‘zlariga ko‘ra, uch kishi shifoxonaga olib ketilgan.