Toşkent şahrida jismoniy va aqliy rivojlanişdan orqada qolayotgan boğça yoşidagi bolalarga köptarmoqli boğçalarga yöllanma berilmoqda. Bolalar bilan işlaydigan maxsus komissiya tarkibi respublika tibbiyot taşkilotlari mutaxassislaridan iborat böladi.
Bugun, 25 dekabr kuni ham maxsus komissiya bolalarni körikdan ötkazdi va ularga tegişli MTTlarga yöllanma berdi. Imkoniyati çeklangan bolalarga maxsus tipdagi MTTlarga 6 oydan 2 yilgaça bölgan muddat uçun yöllanma beriladi. Şu vaqt içida pedagoglar bolalar bilan korreksion pedagogika ötkazişadi, reabilitatsiya yordami körsatişadi. Bular bilan bolalarning ijtimoiy hayotga moslaşuviga erişiş, ularda jamiyatga qöşiliş könikmasini hosil qiliş maqsad qilingan. Maxsus MTTlardagi parvariş va ta'limdan söng bolalar umumiy tipdagi boğçalarga ötkaziladi.
Maktabgaça ta'lim vazirligining ma'lumot berişiça, 2020 yil 1 sentabr holatiga köra, respublika böyiça 9 996 nafar bola 147ta ixtisoslaştirilgan maktabgaça ta'lim taşkilotida tarbiyalanmoqda. Hozir ixtisoslaştirilgan boğçalarda tarbiyalanayotgan bolalar köptarmoqli maktabgaça ta'lim taşkilotlariga tibbiy körik asosida ötkazilmoqda.
Masalan, Toşkent şahrida 49ta ixtisoslaştirilgan boğça faoliyati muvofiqlaştirilib, 17ta köptarmoqli ixtisoslaştirilgan boğçaga aylantirilgan. Ularda 959 nafar bola tarbiyalanmoqda.
«Hozir ixtisoslaştirilgan maktabgaça ta'lim taşkilotlari yopilyapti, degan tuşunmovçiliklar ham bölyapti. Aslida unday emas. Ularning örniga köptarmoqli boğçalar oçilyapti.
Köptarmoqli deganda bolalarning taşxisi, muolaja işlari bitta joyda olib boriladigan boğçalar tuşuniladi. Bunday boğçalarda logoped, defektolog kabi barça mutaxassislar işlaydi.
Ixtisoslaşgan boğçalardagi soğlom bolalar esa umumiy tipdagi boğçalarga ötkazilmoqda. Tekşiruvlarga köra, butun respublika böyiça ixtisoslaştirilgan MTTlardagi 60 foizdan ortiq bolalar soğlom bölib çiqyapti.
Ota-onalar ham soğlom bolalar haqiqatan ixtisoslaştirilgan MTTlarda tarbiyalanişga muhtoj bolalarning örnini band qilmasliklari lozimligini tuşunişlari kerak», – deya Kun.uz'ga ma'lumot berdi MTV axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxöjayeva.
Uning qayd etişiça, ixtisoslaştirilgan boğçalarda ovqatlaniş tizimi alohida tartibda işlab çiqilgan, imkoniyati çeklangan bolalarga imkon qadar köp e'tibor qaratiladi. Şuning uçun köp hollarda ota-onalar bolalarini soğlom bölişsa ham, şunday boğçalarga berişga harakat qiladi. Soğlom bolalarning ixtisoslaştirilgan boğçalarga soğlom bolalarning qabulida korrupsiya alomatlari ham bor. Şunday hol aniqlanganda tegişli tartibda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga xabar beriladi.












