Andijonda davlat obektlarini quriş va ta'mirlaşda manfaatlar töqnaşuvi holatlari röy bergani böyiça prokuratura örganiş olib bormoqda.
Viloyat prokuraturasi xabariga köra, örganiş işlariga soha mutaxassislari jalb qilinadi va natijasi böyiça qöşimça xabar beriladi.
Prokuratura kimni va nimani tekşiradi?
Kun.uz şov-şuvli voqelik böyiça hozirgaça ma'lum holatlarni sanab ötadi. Eslatib ötamiz, Telegram'dagi «Davletovuz» kanali e'lon qilgan suriştiruvlar böyiça Korrupsiyaga qarşi kuraş agentligi ham örganiş olib bormoqda.
Hojiboyev Rustambek Tojiboyeviç, Andijon viloyat qurilish boş boşqarmasi boşliği
Hojiboyev hozirgi lavozimiga 2020 yil 30 mart kuni tayinlangan bölsa-da, hozir ham «Ixtisoslashgan Shahrixon Qurilish» MÇJning barça uluşlari unga tegişli.
Uşbu korxona Shahrixon tumanidagi birinçi va ikkinçi sonli tuğuruq majmualarini rekonstruksiya qiliş böyiça 12,8 va 5,6 mlrd sömlik davlat buyurtmalarini qölga kiritgan.
Rustambek Hojiboyev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ikkala holatda ham barçasi qonun doirasida bölganini bildirdi.
«Men boşqarma boşliği lavozimiga 2020 yilning mart oyida kelganman. Kasbim – quruvçilik. Uzoq yillardan beri «Ixtisoslashgan Shahrixon Qurilish» MÇJga egalik qilib, qurilish faoliyati bilan şuğullanib kelganman.
Ma'lumotlarda aytilgan 12,8 mlrd söm yakuniy qiymatga ega Shahrixon tumani 1-tuğuruq majmuasining rekonstruksiya loyihasini mansab vakolatimdan foydalanib tenderda yutib olmaganman. Çunki bu qurilish loyihasining tender savdosi 2019 yil 1 martda, ya'ni boşqarma boşliği lavozimiga tayinlanişimdan bir yil avval ötkazilgan. U paytda men viloyat qurilish boşqarmasi boşliği vazifasida emasdim.
2020 yilning 2 oktyabr kuni imzolangan pudrat şartnomasiga binoan, «Ixtisoslashgan Shahrixon Qurilish» MÇJ Shahrixon tumani 2-tuğuruq majmuasini qariyb 5,6 mlrd sömga rekonstruksiya qiliş böyiça pudrat şartnomasini yutgan. Bu bor haqiqat. Men öşa paytda çet elda xizmat safarida edim.













