Dastur doirasida jurnalistlar Gazli gazni qayta işlaş zavodining tantanali oçiliş marosimiga guvoh bölişdi.

Gazli gazni qayta işlaş zavodini işga tuşiriş ramziy tugmasi bosildi. Uşbu jarayonda Buxoro viloyati jamoatçiligi, soha faxriylari bevosita iştirok etdi.

Şundan söng zavod faoliyati bilan tanişildi.

Ma’lumot örnida aytiş mumkin, Gazli gazni qayta işlaş zavodida avvallari konlardan kelayotgan xomaşyo gazi qayta işlangan. Gaz oltingugurt birikmalaridan tozalanib, «Öztransgaz» AJning hududiy boşqarmalariga yetkazib berilgan. Uşbu hudud Uçqir gazni oltingugurtdan tozalaş kompleksi deb yuritilgan.

2020 yilda Gazli gazni qayta işlaş zavodida bir qator investitsiya loyihalari amalga oşirildi. 2020 yil 9 yanvardagi «2020-2022 yillarda Özbekiston Respublikasi investitsiya dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qaroriga muvofiq gazni quritiş qurilmasi va yillik quvvati 80 ming tonna gazdan propan-butan aralaşmasi ajratib oliş va 37,5 ming tonna gaz kondensati işlab çiqariş qurilmalari qurib, işga tuşirildi. Şu sababli Uçqir oltingugurtdan tozalaş kompleksiga Gazli gazni qayta işlaş zavodi maqomi berildi.

Bugungi kunda gazdan propan-butan aralaşmasi ajratib oliş qurilmasining birinçi bosqiçi işlatişga topşirildi. Ya’ni birinçi bosqiçda gaz kondensati işlab çiqarilsa, qolgan uskunalarni işga tuşiriş bilan bosqiçma-bosqiç suyultirilgan gaz işlab çiqarişga ötib boriladi.