Bahrom Qurbonov 2020 yilning martida Xorazm viloyati hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari etib tayinlangan. Muqaddam «Özşaharqurilişinvest» injinering kompaniyasi boş direktorining birinçi örinbosari bölgan. U viloyatda quriliş kompleksida pudrat, loyiha işlariga bölgan davlat buyurtmasini tender asosida joylaştirişni, şuningdek, uning bajarilişi yuzasidan nazoratni ta'minlaydi.

Ma'lumotlarga köra, 2020 yilning 25 iyun kuni Bahrom Qurbonov raisligida Xorazm viloyati Urganç şahridagi perinatal markazini rekonstruksiya qiliş böyiça tender savdo komissiyasi majlisi bölib ötgan. Komissiya qiymati 20 milliard sömdan ortiq bölgan inşootni quriş uçun «Bunyodkor» MÇJni ğolib sifatida tanlab olgan. Mazkur korxona uluşlari yuridik şaxslar reyestriga köra töliğiça Uluğbek Şaripoviç Qurbonovga taalluqli. U viloyat hokimi örinbosari, tender komissiyasi raisi Bahrom Şaripoviç Qurbonovning yaqin qarindoşi – ukasi hisoblanadi.

Mazkur kompaniya, şuningdek, Urganç şahar «Aşxobod» mahalla fuqarolar yiğinidagi içimlik suv tizimlarini quriş va rekonstruksiya qiliş böyiça tenderda ham ğolib bölgan. Tender natijalari 2020 yil sentyabr oyida e'lon qilingan. Qariyb 7 milliard sömlik obekt böyiça tender komissiyasi raisi Uy-joy va kommunal xöjalik vaziri bölgan, lekin u yiğilişda «uzrli sabablarga köra qatnaşa olmagan».

«Davlat buyurtmalari, ta'bir joiz bölsa, katta qozon. Undan barça tadbirkorlar teng va tösiqlarsiz foydalana olişi kerak. Şundagina rivojlaniş böladi, şundagina raqobat muhiti qaror topadi. Modomiki davlat buyurtmalarini mansabdor şaxslarga taalluqli kompaniyalar olar ekan, bu kompaniyalar qançalik zör va kuçli bölmasin, oxir-oqibatda boşqa tadbirkorlik sub'yektlarining rivojlanişiga, ularning kengayişiga tösqinlik paydo böladi, bozorda bir tarafda mahalliy bozorni monopol qilgan, ikkinçi tarafdan esa çala, öğri, otkat bilan işlaydigan, faqat sifatsiz quriliş qiladigan kompaniyalarning kuni tuğadi. 

Şuning uçun madaniyatli jamiyatlarda bunday davlat buyurtmalarida çinovnikning korxonasi iştirok etmaydi, heç qaçon amaldor ukasi yoki akasi nomidagi kompaniya iştirok etayotgan tenderda komissiya raisi bölmaydi. Bu absurd. Bu jinoyat. Bu korrupsiya. Yuqoridagi holatlar, nazarimizda, manfaatlar töqnaşuvi, qonun buzilişi joylarda çuqur ildiz otganini, muammoga tizimli yeçimlar izlaş kerakligini körsatmoqda», deydi