Eron hukumati Islom inqilobi muhofizlari korpusining «Al-Quds» maxsus bölinmasi qömondoni, general Qosim Sulaymoniyning ölimiga aloqador 48 kişidan iborat röyxatni tuzdi. Bu haqda Mehr News naşri öz manbasiga tayanib xabar berdi.

 Inson huquqlari böyiça kengaş rahbari Ali Bağiriy Qaniyning sözlariga köra, Eron hukumati Sulaymoniyning öldirilişiga aloqador 48 kişining şaxsini aniqlaşga muvaffaq bölgan va ularni javobgarlikka tortiş böyiça çoralar körilgan. Xususan, Tehron generalni yöq qiliş böyiça operatsiyaga u yoki bu darajada jalb etilgan mamlakatlardan ma'lumot taqdim etişni talab qilgan.

Amaldorning aytişiça, Eron hukumati ana şunday murojaat bilan çiqqan oxirgi mamlakat Germaniya bölgan.

«Biz Germaniyadagi AQŞ aviabazasi Sulaymoniyni öldirişda foydalanilgan dronlar örtasida ma'lumot almaşişda qatnaşganligi töğrisida axborot oldik», — dedi Qaniy.

 Qosim Sulaymoniy şu yil 3 yanvarda Bağdod aeroporti yaqinida AQŞ droni zarbasi natijasida öldirilgandi. U bilan birga 4 nafar eronlik harbiy va Iroq armiyasining 5 vakili halok bölgan.