“Mana, valuta bozori erkinlaşganiga ham 3 yildan oşdi. Şu davrda erkin valuta ayirboşlaş böyiça yurtimizda yetarli tajriba töplandi. Endi iqtisodiyotimizning xorijiy valutaga boğliqlik darajasini bosqiçma-bosqiç kamaytiriş kerak.
Şu maqsadda, kelgusi yilda valuta kreditlari uluşini hozirgi 50 foizdan 45 foizga, ya'ni kamida 2 milliard dollarga pasaytiriş lozim.
Kelgusi yilda milliy valutada çiqariladigan xalqaro obligatsiyalar uluşini hozirgi 25 foizdan kamida 40 foizga oşiriş zarur.
Şu bilan birga, kelasi yili banklararo valuta bozori “onlayn” platformaga ötkaziladi va tadbirkorlarga valutani bevosita bankning özidan sotib oliş uçun imkoniyat yaratiladi. Natijada tadbirkorlar valutani hozirgidek 4 kunda emas, yarim soatda sotib olişi mumkin böladi”, - dedi prezident.
Qayd etilişiça, hozirgi kunda Özbekistonning davlat taşqi qarzi Jahon banki va Xalqaro valuta jamğarmasi mezonlariga köra xavfsiz hisoblanadi.
“Ayni vaqtda taşqi qarz hisobidan hududlarda amalga oşiriladigan loyihalar bundan buyon mahalliy Kengaşlar va jamoatçilik muhokamasidan ötkaziladi. Ularning natijalari töğrisida jamoatçilikka hisobot beriş tizimi yölga qöyiladi.
Şuningdek, davlat nomidan taşqi qarz oliş kamaytirilib, investitsiya va infratuzilma loyihalariga köproq xususiy kapital jalb etiladi”, - dedi Şavkat Mirziyoyev.












