Norma’ning yozişiça, Davlat aktivlarini boşqariş agentligining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar hududiy boşqarmalari huzuridagi «Davlat mulkini ijaraga beriş markazi» davlat unitar korxonalari negizida Davlat aktivlarini boşqariş agentligi huzuridagi Böş turgan obektlardan samarali foydalanişni taşkil etiş markazi hamda uning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar hududiy boşqarmalari taşkil etilgan.
 
Tasdiqlangan Nizomda quyidagilar belgilangan:

  • Markazning huquqiy maqomi va tuzilmasi;
  • Markaz va uning hududiy boşqarmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari;
  • Markaz rahbarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;
  • Markaz faoliyatining taşkiliy asoslari, hisobdorligi, faoliyat samaradorligini baholaş mezonlari, maslahat va ekspert organlari;
  • Markaz faoliyatini moliyalaştiriş hamda xodimlarini moddiy rağbatlantiriş tartibi.

Markaz mustaqil balansga, bank hisobvarağiga ega bölgan yuridik şaxs hisoblanadi.
 
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • mulkçilik şaklidan qat'i nazar, barça toifadagi böş turgan noturar bino va inşootlarni, foydalanilmayotgan işlab çiqariş maydonlarini aniqlaş va hisobini yuritiş;
  • böş turgan davlat mulki obektlarini saqlaş va ulardan samarali foydalaniş, şu jumladan davlat mulki obektlarini ijaraga berişni taşkil etiş;
  • ijaraga berilgan davlat mulki obektlarini va ularni ijaraga berişdan tuşadigan mablağlarni hisobga oliş va ularning monitoringini olib boriş;
  • ijaraga berilgan davlat mulki obektlaridan maqsadli foydalanilişini va ularning saqlanişini, şuningdek ijara tölovi öz vaqtida va töliq tölanişini nazorat qiliş;
  • davlat taşkilotlariga (korxonalariga) biriktirilgan davlat mulki obektlaridan samarali foydalanilişi va ularning saqlanişini belgilangan tartibda tekşiriş;
  • davlat taşkilotlariga operativ boşqaruv huquqi bilan berilgan davlat mulki obektlarining ortiqça qismini, şuningdek foydalanilmayotgan yoki maqsadsiz foydalanilayotgan davlat mulki obektlarini olib qöyiş;
  • Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasi xulosasiga asosan yaroqsiz deb topilgan davlat mulki obektlarini buziş töğrisida qaror qabul qiliş;