Prezidentning «Özbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi PF-6273-son farmoni qabul qilindi.
Davlat aksiya paketlari (uluşlari) töliqligiça ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladigan korxonalar röyxati izohi xatboşi bilan töldirildi, unga muvofiq korxona MÇJga aylantirilganidan söng davlat uluşining 70 foizi sotuvga çiqariladi va 30 foizi Davlat ekologiya qömitasi tasarrufida qoldiriladi.
Prezidentning 11.02.2021 yildagi PF-6167-son farmonida 2021 yilda savdoga çiqariladigan davlat aktivlarining, şuningdek davlat iştirokidagi xöjalik jamiyatlari va davlat korxonalari röyxati belgilandi.
2021 yil apreldan savdoga çiqariladigan davlat iştirokidagi xöjalik jamiyatlari va davlat korxonalari röyxati izohi 3-band bilan töldirildi, unga muvofiq davlat uluşi miqdori va korxonalarning taşkiliy-huquqiy şakli özgargan taqdirda, aktivlarning sotilişi özgarişlarni inobatga olgan holda amalga oşiriladi.
Röyxatga qöşimça kiritilgan normalarga muvofiq:
- uşbu korxonalardagi davlat aksiya paketlari (uluşlari) Davlat aktivlarini boşqariş agentligi huzuridagi «UzAssets» investitsiya kompaniyasi jalb etadigan professional taşkilotlar orqali sotiladi;
- uşbu ilovada körsatilgan korxonalarning ustav kapitalida davlat uluşi ustun mavqega ega bölgan korxonalarning uluşi mavjud bölganda, ularning uluşlari belgilangan tartibda boşqaruv organlari qarorlari asosida balans qiymatida ustav fondidagi davlat uluşini kamaytiriş hisobiga Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga ötkazilib, yaxlit paketda savdoga çiqariladi;
- mazkur korxonalardagi savdoga çiqariladigan davlat uluşi miqdori va sotiladigan korxonalarning nomma-nom röyxati Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boşqariş agentligi taklifiga asosan Davlat mulkini sotişda tender savdolarini ötkaziş böyiça davlat komissiyasi qarori bilan tasdiqlanadi.
Boşqa özgartiriş va qöşimçalar ham kiritilgan.












